
Joriy yilning 19-iyun kuni Andijon viloyatida Mikrokreditbank va Markaziy bank hamkorligida mahalla agentlari uchun navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar aholiga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish, mahalla agentlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash hamda moliyaviy inklyuziyani kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga bank xizmatlari va mahsulotlari, raqamli bank xizmatlaridan samarali foydalanish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, mijozlar bilan ishlash madaniyati hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi yangiliklar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, seminar davomida MKABNK mahalla agentlari faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinib, amaliy tavsiyalar hamda tajriba almashish sessiyalari tashkil etildi. Mutaxassislar tomonidan agentlarning savollariga atroflicha javob berilib, ularning kundalik faoliyatida zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday o‘quv seminarlar mahalla agentlarining malakasini oshirish, bank va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda moliyaviy xizmatlarning qulayligi va ommabopligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta'kidlash kerakki, Mikrokreditbank hududlarda mahalla agentlari uchun bunday o‘quv seminarlarini muntazam tashkil etib boradi.
Bank Axborot xizmati

















