
Joriy yilming 17-fevral kuni “Qalqon ortida” telegram kanali orqali anonim tarzda “Mikrokreditbank” ATB Andijon viloyat hududiy boshqarmasidan kredit ololmayotgan fuqaroning e'tirozi e'lon qilindi. Bank mutaxassislari tomonidan murojaat qilgan fuqaroning qo'shimcha ma'lumotlari (ismi, familiyasi, uy manzili yoki telefon raqamlari) ko‘rsatilmaganligi sababli o‘rganib chiqishning imkoni bo‘lmadi.
Shuni ta’kidlaymizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-39 sonli qaroriga muvofiq, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hokim yordamchilari tavsiyasi asosida fuqarolarimizga imtiyozli kreditlar ajratib kelinmoqda. Bu borada bankda resurs taqchilligi yoki boshqa yo'nalishda muammo mavjid emasligini ma'lum qilamiz.
Hurmatli fuqarolar, bankimiz mijozlari, agar bank ishi va faoliyatiga oid savollaringiz bo‘lsa, biz bilan quyidagi raqamlar qisqa 1285 yoki 71 202 99 99 ishonch raqamlarimiz orqali bog‘lanishingiz mumkin
Bank Axborot xizmati

















