Mikrokreditbank tomonidan tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun taqdim etilayotgan “Avto Express” kredit moduli orqali biznes ehtiyojlari uchun transport vositalarini xarid qilish imkoniyatlari kengaytirildi.
Endilikda 0 foiz stavkada FOTON avtomobillari bilan bir qatorda quyidagi transport vositalarini ham xarid qilish mumkin:
• Labo;
• Captiva;
• Damas;
• Onix;
• Tracker-2;
• Isuzu.
Shuningdek, kredit doirasida elektromobillar, avtobus va mikroavtobuslar, yuk tortuvchi hamda furgon tipidagi transport vositalarini xarid qilish uchun ham qo‘shimcha shartlar asosida moliyalashtirish imkoniyati mavjud.
Kredit miqdori — 5 000 mln so‘mgacha.
“Avto Express” — biznes faoliyatini kengaytirish, xizmat ko‘rsatish va transport ehtiyojlari uchun zarur avtomobil yoki maxsus transport vositasini xarid qilishda tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun qulay moliyaviy yechim.
Batafsil ma’lumot uchun MKBANK filiallariga murojaat qiling yoki 1285 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
















