Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11820
Sotish
11870
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11820
11870
11833.37
EUR
13000
14000
13577.61
RUB
140
139.79
GBP
15600
16600
15821.22
CHF
14200
15200
14336.53
JPY
50
100
75.91
Kurs 18.09.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Bank ko‘magida Parkentdagi turizm xizmati rivojlanmoqda

...
Yangilash: ...
Image
Bank ko‘magida Parkentdagi turizm xizmati rivojlanmoqda

Parkent tumani — Oʻzbekistonda turizm salohiyati tobora yuksalib borayotgan hududlardan biri. Ushbu manzil oʻzining betakror tabiati, sof havosi va musaffo manzaralari bilan mahalliy hamda xorijiy sayyohlar uchun jozibador manzilga aylanib bormoqda.

IMG_2626.jpg

Mikrokreditbank Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxlo Ibragimova Parkentdagi Kumushkon qishlogʻida boʻlib, bank tomonidan amalga oshirilayotgan turizm loyihalari, xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Dastlabki manzil “Mikrokreditbank” ATBning moliyaviy koʻmagida tashkil etilgan “Sayyoh 2000” loyihasi boʻldi. Tadbirkor Olim Yusupov soy boʻyidagi hovlisida 48 oʻrinli mehmon uyi ochgan. Xonalar milliy uslubda, shinam qilib jihozlangan. Mehmon uyi yiliga 2 mingdan ziyod sayyohga xizmat koʻrsatadi. Yaqinda Prezidentimiz ham ushbu maskanda boʻlib, mehmon uyi faoliyati bilan tanishgan edi. Bu yerdagi obodlikni koʻrib, bu tashabbusni boshqa hududlarda ham joriy etishni aytgan edi.

10 (13).jpg

Olim Yusupov mehmonxonani tashkil etish uchun dastlab 300 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit olgan. Bugungi kunga kelib, u 20 nafar fuqaroni doimiy ish bilan taʼminlagan. Ayni damda oʻz faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida 1 gektar yer maydonida 100 oʻrinli zamonaviy turizm markazi qurilishini boshladi. Loyihaning ikkinchi bosqichi uchun Mikrokreditbank tomonidan 3 milliard 800 million soʻmlik kredit ajratildi. Yangi majmua ishga tushgach, yana 30 nafar yangi ish oʻrni yaratiladi.

IMG_2632.jpg

“Mikrokreditbank” ATB nafaqat mazkur mehmon uyi loyihasiga, balki Parkent tumanidagi boshqa qator tashabbuslarga ham moliyaviy koʻmak koʻrsatmoqda. Xususan, Kumushkon qishlogʻidagi 7 ta mehmon uyi va 5 ta xizmat koʻrsatish obyekti bank kreditlari orqali tashkil etildi. Buning uchun 1 milliard soʻmga yaqin “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” hamda “Mahalla” dasturlari asosida kreditlar ajratilgan. Ayniqsa, xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilayotgan eʼtibor bugun opa-singillarimizning moddiy farovonligini oshirishga, turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

12 (2).jpg

Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Inobat Gʻiyosova turizm va xizmat koʻrsatish sohasida koʻp yillik tajribaga ega. U oʻz mehmon uyini jihozlash uchun 190 million soʻm kredit olib, hozirda faoliyatini kengaytirish niyatida. Shaxlo Ibragimova mazkur obyektga ham tashrif buyurib, tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishdi. Muloqot chogʻida Inobat opaga bankning yangi kredit paketlari va imtiyozlari, jumladan, “Hamroh” dasturi haqida maʼlumot berib, tegishli tavsiyalar bilan oʻrtoqlashdi.

IMG_2628.jpg

Inobat Gʻiyosova — “Shuhrat” medali sohibi. U qishlogʻida turizmni rivojlantirish orqali nafaqat oʻz oilasi, balki butun mahallasiga naf keltirayotganidan faxrlanadi.

IMG_2638.jpg

Davlat rahbarining doimiy qoʻllab-quvvatlashi, Mikrokreditbankning moliyaviy koʻmagi hamda mahalliy tadbirkorlarning tashabbusi orqali Parkent tumanida, xususan Kumushkon qishlogʻida turizm, xizmat koʻrsatish va oilaviy tadbirkorlik salohiyati kengaymoqda. Bu esa hudud iqtisodiy oʻsishi, ijtimoiy barqarorlik va aholi farovonligi uchun mustahkam poydevor yaratib bermoqda.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

18 Sentyabr 2026

Chimboy va Xo‘jayli tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashildi!

Mahallalarda aholi daromadini oshirish va bandligini ta’minlashga qaratildi
18 Sentyabr 2026

Dam olish kunlari ham ishlaymiz!

19 va 20-sentabr (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi.
17 Sentyabr 2026

Arnasoyda aholi daromadini oshirishga qaratilgan loyihalar kengaytirilmoqda

Yil yakuniga qadar 1 000 ta xonadonda 3 000 bosh naslli chorva mollari yetishtirish rejalashtirilgan.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X