Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11950
Sotish
12010
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11950
12010
11934.61
EUR
13000
14000
13788.05
RUB
146
144.64
GBP
15600
16600
16114.11
CHF
14200
15200
14759.6
JPY
50
100
75.15
Kurs 10.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Bank koʻmagida “Romstar” korxonasining eksport salohiyati oshmoqda

274
Yangilash: 12 Avgust 2024, 19:03
Image
Bank koʻmagida “Romstar” korxonasining eksport salohiyati oshmoqda

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish, soha korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, hajmi va turlari ortib, mamlakatimizning eksport salohiyati oʻsib borayotganini koʻrish mumkin. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-martdagi “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi hamda Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi muassisligida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJning eksportoldi moliyalashtirish mablagʻlari hisobidan “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit orqali eksport rejasini ortigʻi bilan bajarayotgan korxonalar talaygina.

Ulardan biri Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Romstar” Oʻzbekiston–Amerika qoʻshma korxonasidir. Pillani qayta ishlash korxonasi 2004-yilda ish boshlagan boʻlib, bu yerda viloyatdagi Qorakoʻl, Olot, Jondor, Romitan tumanlaridan 18 ming kasanachilar yetishtirgan pilla qabul qilinib, ipak kalavaga aylantiriladi. 

Respublikamizda pillachilik sohasini rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini kengaytirish, pillachilik korxonalarining eksport salohiyatini va investititsiya faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlar natijasida ushbu korxonaning ham eksport salohiyati yildan yilga ortib bormoqda. 220 nafar ishchi-mutaxassisga ega “Romstar” qoʻshma korxonasida sanoat uchun qimmatbaho pilla xom ashyosini qayta ishash, pilla chuvish, qayta oʻrash, xom ipak tola va ipak momigʻini ishlab chiqarish faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ushbu mahsulotlar asosan Xitoy, Vetnam va Eron davlatlariga eksport qilinmoqda. 

Korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga toʻxtaladigan boʻlsak, Xitoy texnologiyasi asosida yil boʻyi 150 tonna xom ipak tola ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Mavjud shart-sharoitdan kelib chiqqan holda korxonada 2023-yilda 120,3 tonna ipak tola ishlab chiqarilgan boʻlib, buyurtmachilarga yetkazilgan ipak tola evaziga 4 milliard soʻmdan ortiq sof foyda olingan. Oʻzbek ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirish bilan shugʻullanib kelayotgan qoʻshma korxonaning yillik hisob raqam aylanmasi 30 milliardni tashkil etadi. 

Korxona rahbari Qoʻshshi Kattayevning taʼkidlashicha, u korxona faoliyatini kengaytirishda “Mikrokreditbank”ning moliyaviy koʻmagiga tayanadi. “Romstar” korxonasi hozirga qadar 18 marotaba aynan mazkur bank kredit liniyalaridan foydalangan. Korxonaning mahsulotlar eksportini qoʻllab-quvvatlash maqsadida bank tomonidan 1 000 000 AQSH dollari mikdorida 20 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 6 foizli kredit mabagʻlari ajratilgan. 

“Xom ashyo va ishlab chiqarish salmogʻi oshayotgani tufayli mazkur korxona tizimidagi 6 ta pilla qabul qilish maskani modernizatsiyalash dasturiga binoan qayta rekonstruksiya qilingani hisobidan Romitan, Jondor, Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi maskanlarda jami 117 ta qoʻshimcha ish oʻrni yaratilgan. Mazkur qayta taʼmirlash ishlari uchun 8,5 milliard soʻm mablagʻ sarflangan boʻlib, pilla yetishtirish va qabul maskanlarida saranjomlash mavsumida 4 mingga yaqin yollanma ishchi jalb qilmoqdamiz”, - deydi korxona rahbari.

Korxona oʻz oldiga aniq maqsadlar qoʻygan. Yiliga 80 tonna ipak tolasi, 30 tonna ipak momigʻi ishlab chiqarilayotgan ushbu korxonada endilikda ipak matolari xususan, atlas toʻqish ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan “MILANO UNICA” kabi turli xalqaro koʻrgazmalarda ham faol ishtirok etib kelayotgan korxona Yaponiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Ruminiya va Ispaniyaning yirik kompaniyalari vakillari bilan oʻzbek ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirish hamda ipakdan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun Oʻzbekistonda oʻzaro hamkorlikda yangi investitsiya loyihalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. 

Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, joriy yil boshidan beri “Mikrokreditbank” ATB tomonidan tadbirkorlik subyektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun respublika boʻyicha “Romstar” singari yana 95 ta loyihaga jami 384,4 mlrd. soʻm ekvivalentida mablagʻlar ajratilgan. “Mikrokreditbank”  oʻzining xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilingan mablagʻlari bilan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish va investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashda davom etadi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

10 Avgust 2026

Bank fuqarolardan kredit mablag‘lari yechib olish masalasini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganmoqda

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bank tomonidan kredit mablag‘lari amaldagi tartib va tegishli hujjatlar asosida ajratilgan. 

10 Avgust 2026

Texnik muammolarga onlayn yechim!

Endi MAVRID ilovasida 24/7 onlayn ariza qoldirish imkoniyati mavjud
7 Avgust 2026

MKBANKda bank tizimi islohotlari va yangi rivojlanish bosqichi mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun bank tomonidan ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 21,55 foizdan boshlab ipoteka kreditlari ajratilishi yoʻlga qoʻyildi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X