Bank xodimlari uchun tashkil etilgan navbatdagi psixologik trening ayni shu mavzuda bo‘ldi.
Dam olish kunlarida Yangi Oʻzbekiston bogʻida, ochiq osmon ostida MKBANK xodimlari uchun seminar trening o‘tkazildi.
Unda xalqaro toifadagi trener Suxrob Xidirov tomonidan stress va emotsional ruhiy holatlarni boshqarish, jamoa boʻlib ishlash, professional mahoratni oshirish, muvaffaqiyatga erishish usullari kabi yoʻnalishlarda motivatsion oʻquvlar tashkil etildi.
Interaktiv usulda tashkil etilgan seminar treningda avval jamoa boʻlib ishlashdagi muammolar oʻrganildi va unga yechimlar berildi. Shu bilan birga shaxsiy rivojlanish usullari tahlil qilindi.
“Biz bugun qaysi pozitsiyada ekanimizni tushunib yetdik. Psixologik testlar orqali shaxsiy rivojlanish bosqichlari haqida maʼlumotga ega boʻldik. Keyingi faoliyatimiz uchun zarur boʻladigan tavsiyalar oldik”, — deydi bank xodimi Suxrob Akbarov.
Qiziqarli va samimiy o‘tgan trening xodimlarda katta taassurotlar qoldirdi, desak adashmaymiz.
Bank Axborot xizmati