
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-son Farmoni ijrosi doirasida Buxoro viloyatida sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
MKBANK tomonidan Romitan tumani Bog‘iturkon MFYda tashkil etilgan tadbirda 200ga yaqin bog‘bon fermerlar ishtirok etdi. Unda zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori hosildor bog‘lar barpo etish va fermerlar daromadini oshirish asosiy maqsad qilingan.
Seminarda Chilidan kelgan yuqori malakali mutaxassis Kristian Rodriges, Turkiyadan Muhammad Yaner, shuningdek, xalqaro agronomlar Shuhrat Abrorov va Ne’matjon Abdullayev ishtirok etdi.
Mutaxassislar fermerlarga intensiv bog‘larni tashkil etish, zamonaviy agrotexnologiyalar, ko‘chatlarni to‘g‘ri tanlash, parvarishlash va yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va tajribalarini ulashdilar.
Mazkur seminar Buxoro viloyatida zamonaviy, yuqori samarador va sanoatlashgan bog‘dorchilikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biridir.
Bank Axborot xizmati

















