Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Fuqaro kerakli hujjatlarni taqdim etmagani sababli kredit ajratish rad etilgan

...
Yangilash: ...
Image

Kuni kecha Facebook ijtimoiy tarmog‘ida xalqaro jurnalist B.Jumayev o‘z sahifasi orqali “Chiroqchida kredit mojarosi: kim haq, kim nohaq?” sarlavhali murojaatini e’lon qildi.

Mazkur murojaatda Chiroqchi shahri, Choshtepa koʼchasida istiqomat qiluvchi Zebo Sodiqovaning muammosi yoritilgan. Unga ko‘ra, Z.Sodiqovaning 3 nafar voyaga yetgan o‘g‘illari ishsiz ekanligi, ushbu farzandlarini, shuningdek, yana qo‘shimcha 4-5 kishini tirikchilik manbai bilan taʼminlash uchun o‘zining yashab turgan hovlisida mebel tayyorlash sexini ochmoqchi bo‘lganligi, biroq bank tomonidan kredit ajratilmaganligi iddao qilingan.

Mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar natijasida quyidagilar aniqlandi.

Haqiqatan ham, joriy yilning 3-mart kuni Yagona elektron platformaga Z.Sodiqovaning o‘g‘li YaTT Qo‘chqorov Doston Rustam o‘g‘li №1732438-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida 175 mln.so‘m miqdorda kredit olish bo‘yicha ariza bergan.

Ushbu ariza asosida bankning Chiroqchi filialiga kredit yig‘majildini shakllantirish maqsadida kredit taʼminoti uchun taqdim etilgan noturar binoning mulkka nisbatan egalik qilish huquqi (kadastr hujjati) bo‘lmaganligi sababli bank xodimlari tomonidan kredit rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish berilgan.

Shundan so‘ng D.Qo‘chqorov o‘z tashabbusi bilan arizasini bekor qilgan.

Keyinchalik YaTT D.Qo‘chqorov 2023-yilning (10.03.2023y., 12.04.2023y va 29.04.2023y.) turli sanalarida qayta platformaga ariza bergan.

Ushbu arizasida dastlab kredit taʼminoti to‘g‘risida tushuncha berilishiga qaramasdan, takroran kredit taʼminotiga taqdim etilgan noturar binoning mulkka nisbatan egalik qilish huquqi (kadastr hujjati) bo‘lmagan holda taqdim etilganligi sababli bank tomonidan arizasi rad etilgan.

Oradan 4 oy o‘tib, uchinchi marta, Z.Sodiqovaning boshqa farzandi Qo‘chqorov Davron Rustam o‘g‘li tomonidan (joriy yilning 7-8-avgust kunlari) Yagona elektron platformaga №2558769, 2557985, 2561689-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan hunarmandchilikni rivojlantirish (mualliflik mebellarini tayyorlash) maqsadida 125 mln.so‘m hamda 150 mln.so‘m miqdorida kredit olish boʼyicha arizalar berilgan.

Ushbu arizalarning barchasi Choshtepa MFY bo‘yicha hokim yordamchisi А.To‘raev tomonidan o‘rganib chiqilib, kredit mablag‘ining tadbirkorlik faoliyatiga mutanosib emasligi sababli rad etilgan.

Vanihoyat mijoz YaTT Qo‘chqorov Davron Rustam o‘g‘li kredit taʼminotiga qabul qilinadigan noturar binoning mulkka nisbatan egalik qilish huquqini (kadastr hujjati) olgandan so‘ng, 15-avgust kuni platformaga №2629034-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan hunarmandchilikni rivojlantirish (mualliflik mebellarini tayyorlash) maqsadida 125 mln.so‘m qayta ariza bergan.

Mazkur arizaga asosan hokim yordamchisi А.To‘raev tomonidan 16-avgust kuni tavsiyanoma berilgan va bank tomonidan birlamchi hujjatlar (guvohnoma, pasport, garov taʼminoti hujjatlari hamda biznes rejasi) qabul qilingan.

Mijoz o‘z arizasida ko‘rsatib o‘tgan 55 mln.so‘m miqdoridagi, yaʼni loyihada kamida o‘ttiz foiz ulush bilan ishtirok etish maqsadida ko‘rsatilgan uskunalar (eski uskuna)ni sotib olinganligi to‘g‘risidagi fiskal belgili kassa cheki yoki hisob fakturasini taqdim etolmaganligi sababli bank filiali tomonidan ariza qayta rad etilgan.

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-39-sonli qarori 2-bandida tadbirkorlik subyektlarining mahallalarda, shu jumladan tashkil etilgan mikromarkazlarda ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Bunda, tashabbuskor loyihada kamida o‘ttiz foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim deya ko‘rsatib o‘tilgan.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

7 Yanvar 2026

MKBANK: Korrupsiyani birgalikda to‘xtataylik!

Ogoh bo‘ling! Korrupsiya faqat halokatga yetaklaydi.
6 Yanvar 2026

Aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olish start olmoqda

Ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok eting
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X