Joriy yilning 4-noyabr kuni bank binosida “Mikrokreditbank” ATB Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasida bankning 9 oylik natijalariga bag‘ishlangan navbatdagi Matbuot anjumani hamda 5-noyabr kuni aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Mazkur uchrashuv va Matbuot anjumanida “Mikrokreditbank” ATB viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘I Ilxomjon Xoldorovich ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Tadbirkorlar, aholi va OAV vakillarini taklif qilamiz.