Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11755
Sotish
11850
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11755
11850
11789.33
EUR
13000
14000
13702.74
RUB
140
136.48
GBP
15600
16600
15954.5
CHF
14200
15200
14570.92
JPY
50
100
76.19
Kurs 08.09.2026 11:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

“Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi o‘tkaziladi

376
Yangilash: 14 Sentyabr 2022, 15:02
Image
“Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 30-noyabridan 2-dekabrigacha Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” 2022 27-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi (TXTY) bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, “Milliy PR markazi” davlat unitar korxonasi, The SAYS LOT MCHJ vakili SAYS ko‘rgazma kompaniyasi yarmarka tashkilotchilaridir. 

 TXTY 2022 doirasida konferensiyalar, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, sayyohlik xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, O‘zbekistonning turizm salohiyatiga ega hududlarining taqdimotlari, milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladigan gastro-bazar tashkil etiladi. Yarmarka butun dunyodan sayyohlik biznesi mutaxassislarini birlashtiradi. 

TXTY doirasidagi forum spikerlari sifatida turizm sohasidagi yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etadilar. Yarmarkaga tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilar yangi sayyohlik yo‘nalishlari bilan tanishish, mamlakatdagi yangi manzillarning turistik salohiyatini baholash, O‘zbekistonning har bir hududining rang-barang muhiti, madaniyati va an’analariga sho‘ng‘ish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar.

 TXTYni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2019-yil yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Turizmni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Har yili o‘tkaziladigan “Ipak yo‘lidagi turizm” Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Aynan shu hujjatlar xalqaro turizm yarmarkasi rivojlanishining ijobiy dinamikasini belgilab berdi. 

TXTY 2022 gibrid formatda o‘tkaziladi. Yarmarkaning birinchi kuni, ya’ni 30-noyabr, rasmiy ochilish marosimi bilan boshlanadi. Yarmarkaning ikkinchi va uchinchi, ya’ni 1-2 dekabr kunlari hunarmandlar ko‘rgazmasi, hududlar taqdimoti, gastro-bazar va taniqli oshpaz Chustiyning mahorat darsi bilan davom etadi. 

TXTYning uchinchi kuni bayramona yopilish marosimi bilan yakunlanadi. Har kim www.titf.uz veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish orqali TXTY 2022 mehmoni bo‘lishi va tadbirga tashrif qoidalari bilan tanishishi mumkin. 

Yarmarka “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilyonida o‘tkaziladi. Ma’lumot uchun, TXTY 1995-yildan beri BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) koʻmagida oʻtkazib kelinmoqda. Ko‘rgazma har yili sayyohlik sohasining yuzlab mutaxassislarini jamlab, ushbu sohani xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun sharoit yaratib kelmoqda.



Yana ko‘ring

7 Sentyabr 2026

MAVRID TEZDA: xalqaro pul o‘tkazmalarini Mavrid orqali amalga oshiring

200 dan ortiq davlatga pul yuborish imkoniyati mavjud
4 Sentyabr 2026

O‘z biznesingizni boshlash uchun 30 mln so‘mgacha!

Yangi daromad manbai yaratish niyatingiz bormi? Unda bu imkoniyat siz uchun.
4 Sentyabr 2026

MKBANK va SamAuto’dan katta yangilik!

Biznes uchun avtomobil xarid qilishda yangi davr boshlanmoqda

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X