
"Mikrokreditbank" ATBda halollik, shaffoflik va oʻzaro ishonch muhitini mustahkamlash eng oliy maqsadimizdir. Shu maqsadda korrupsiyaga oid holatlarning oldini olish va ularga qarshi birgalikda kurashish uchun bankda 6 ta maxsus aloqa kanali doimiy ish rejimida ishlamoqda.
"Mavrid" ilovasi — Sizning yaqin koʻmakchingiz!
Aloqa kanallari ichida eng qulay va tezkor xabar yuborish yoʻli bu - "Mavrid" mobil ilovasidagi "Antikorrupsiya" boʻlimidir.
Bu boʻlim orqali har bir fuqaro yoki bank xodimi o‘zi guvoh boʻlgan qonunbuzilish holatlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat yuborishi mumkin.
Eng muhimi, murojaatchining shaxsi toʻliq sir saqlanishi qonun bilan qatʼiy kafolatlanadi!
Yodda tuting: Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti - Sizning dushmaningiz emas!
Koʻpchilik ushbu tuzilmaning vazifasini faqat "xato topish va jazolash" deb oʻylaydi. Bu mutlaqo xato fikr!
Departamentning bosh vazifasi jinoyat sodir etilgandan keyin kimgadir chora koʻrish emas! Balki sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatning oldini olish orqali - bank xodimini notoʻgʻri yoʻldan saqlab qolishdir.
Shunday ekan, Departament xodimlari bankning hech bir xodimiga dushman emas, balki ularni katta xatolardan himoya qiluvchi qalqon va ishonchli hamkordir.
Unutmang!
Korrupsiyaga qarshi kurashda befarq boʻlmaslik bu - hamkasbingizni hayot jarligidan tortib qolish, bankni va oʻz kelajagingizni asrashdir.
Qonunbuzilish holatlariga duch keldingizmi? "Mavrid" ilovasi orqali tezkor xabar yuboring.
Biz Sizni tinglashga va himoya qilishga tayyormiz!
Birgina notoʻgʻri xato insonni hayot jarligiga qulatishi, oilani oʻz boquvchisi va suyanchigʻidan ayirishi mumkin...
Korrupsiyaga qarshi nazorat deparatamenti

















