Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11800
Sotish
11875
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11800
11875
11820.4
EUR
13000
14000
13684.48
RUB
140
139.05
GBP
15600
16600
15990.64
CHF
14200
15200
14549.98
JPY
50
100
74.02
Kurs 19.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Murojaatlar: 2026-yil 1-yarim yillik natijalari

55
Yangilash: 22 Iyul 2026, 11:09
Image
Murojaatlar: 2026-yil 1-yarim yillik natijalari

Mikrokreditbank tizimida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash alohida e’tibor qaratiladigan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bank tizimida mehnat foaliyatini olib borayotgan mutaxassislar har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligini chuqur anglagan holda, ularda ko‘tarilgan masalalarni e’tibordan chetda qoldirmaslikka, o‘rganish ishlari natijalari bilan ularni fuqarolar foydasiga ijobiy hal qilishga harakat qilishmoqda.

Misol uchun 2026-yilning 1-yarim yilligi mobaynida bankka yuqori instansiyalar orqali hamda toʻgʻridan-toʻgʻri jami 2 469 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 310 tasini (12,5 foizi) yuridik shaxslar, 2 159 tasini (87,5 foizi) jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.   

Ushbu murojaatlarning 2 194 tasi (91,1 foiz) belgilangan muddatidan oldin, 165 tasi murojaat (7,foiz) belgilangan muddatda koʻrib chiqildi. Koʻrib chiqilgan murojaatlarning 1 910 tasi (80,9 foiz) qanoatlantirilgan, 262 tasiga (11,1 foiz) tushuntirishlar berilgan hamda 187 tasi (8,0 foiz) rad etildi.

Aholi va tadbirkorlar tomonidan yuborilayotgan murojaatlar sabablari oʻrganilib, har bir yoʻnalishlar boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilishi hamda tahlil qilib borilishi natijasida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan davlat dasturlari, ipoteka, taʼlim, mikroqarz ajratish (44 taga), tijorat krediti ajratish (56 taga), oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi murojaatlar (147taga), bank kartasi bilan bogʻliq murojaatlar (27 taga) sezilarli darajada kamaydi.

Bank Boshqaruvining oy yakuni boʻyicha qarorlarida bankning hududiy boʻlinmalariga murojaatlar bilan ishlashni samarali tashkil etish, murojaat tushgan kundan boshlab ijrosiga tezkor kirishish, bankka murojaat qilib kelgan fuqarolarning masalalarini joyida hal etish borasida zaruriy topshiriqlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Buni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan murojaatlar soni kamaygani isbotlab turibdi.

Birgina misol, respublika boʻyicha Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 477 taga kamaygan. Shu bilan birga sohada qilinadigan ishlarimiz talaygina.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, eng koʻp murojaatlar, Namangan (324 ta), Qashqadaryo (221 ta), Surxondaryo (212 ta), Andijon (203 ta), Toshkent (195 ta) viloyatlari hamda Toshkent (189 ta) shahri hududiy boshqarmalari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Tuman va shahar boʻlinmalari kesimida esa Nukus (40 ta), Buxoro (36 ta), Jizzax (69 ta), Qarshi (40 ta), Namangan (62 ta), Chortoq (42 ta), Joʻmashuy (37 ta), Toshbuloq (38 ta), Guliston (58 ta), Termiz (42 ta), Oqqoʻrgʻon (36 ta), Toshkent sh. (45 ta), Xorazm (32 ta) BXO hamda Asaka (37 ta), Shahrixon (31 ta), Koson (31 ta), Xatirchi (38 ta), Pop (39 ta), Chust (51 ta), Kosonsoy (43 ta), Juma (33 ta), Sirdaryo (50 ta), Boyovut (47 ta), Denov (31 ta), Piskent (42 ta), Yakkasaroy (33 ta), Uchkoʻprik (32 ta) BXMlari va Amaliyot boshqarmasi (60 ta) faoliyati bilan bogʻliq murojaatlar ulushi yuqori koʻrsatkichni tashkil etmoqda.

Albatta, murojaatlar tushyatgan hududlar kesimida ma’lumotlar tahlil qilinib, masalaning kelib chiqish negizlari ham o‘rganilib borilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, bankka toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish, tizimli kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot” oʻtkazish boʻyicha Respublika shtabiga kelib tushgan murojaatlarni tezkor koʻrib chiqish ishlariga ham e’tibor qaratilmoqda.

Respublika shtabi orqali bankka kelib tushgan jami 70 ta murojaatning 30 tasi ijobiy hal etildi, 35 tasiga huquqiy tushunchalar berildi.

Respublika shtabiga kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida operativ koʻrib chiqish, murojaat kelib chiqishiga sabab boʻlayotgan omillar, tizimli kamchilik va muammolarni bartaraf etish va murojaatlarga tezkor javob berish maqsadida 6 ta tarkibiy boʻlinmalarga 30 ta tavsiya xatlari taqdim etildi.

Bundan tashqari, hududlarda aholi va tadbirkorlar ishtirokida 145 ta sayyor qabullar tashkil etilib, 1 201 nafar aholi va tadbirkorlarning murojaatlari ham koʻrib chiqildi. Mazkur sayyor qabullar davomida 1104 ta murojaat ijobiy hal etilib, shundan 945 nafariga 32,1 mlrd. soʻm miqdorida kredit ajratilgan boʻlsa, 97 nafar murojaat mualliflariga tushunchalar berildi.

Shuningdek, bank Boshqaruvi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan 30 dan ortiq uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlarda tushgan 320 ga yaqin murojaatning 300 dan ortig‘i ijobiy hal etildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Mikrokreditbank tizimida aholi va tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlash tizimi yangi bosqichga chiqmoqda. Zero, har bir murojaat zamirida inson manfaati bor, uni ta’minlash esa har birimizning vazifamizga kiradi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

18 Avgust 2026

MKBANK rahbariyati “Dolzarb 40 kunlik” doirasida mahallalarni o‘rgandi

Aniqlangan masalalarni hal etishda bankning hududiy bo‘linmalari hamda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

18 Avgust 2026

“MUSTAQILLIK VA MEN” — RASMLAR TANLOVIGA MARHAMAT!

Tanlovda 6–11 yoshdagi bank xodimlarining farzandlari ishtirok etishi mumkin.

17 Avgust 2026

MKBANK va FOTON strategik hamkorlik va boʻlib toʻlash shartlari!

Imtiyozli shartlari 0% bo’lib to’lash asosida rasmiylashtirishlari mumkin

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X