
Mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida yangi xizmat joriy etildi. Endilikda Zolotaya Korona orqali rasmiylashtirilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni MKBANK kassalari orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Mazkur xizmat kredit to‘lovlarini tez, ishonchli va ortiqcha vaqt sarflamasdan bajarish imkonini beradi. Bank kassalarida to‘lovlarni amalga oshirish jarayoni soddalashtirilgan bo‘lib, mijozlar uchun maksimal qulaylik yaratilgan.
- tezkor to‘lovni amalga oshirish imkoniyati;
- yuqori darajadagi xavfsizlik va ishonchlilik;
- barcha mijozlar uchun qulay xizmat ko‘rsatish tizimi.
Hoziroq eng yaqin MKBANK kassasiga murojaat qiling va to‘lovni oson hal qiling!
MKBANK doimiy ravishda mijozlar uchun zamonaviy va qulay xizmatlarni joriy etishda davom etadi.
Bank Axborot xizamati


















