Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11920
Sotish
11995
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11920
11995
11937.89
EUR
13000
14000
13769.16
RUB
145
141.76
GBP
15600
16600
16107.79
CHF
14200
15200
14690.98
JPY
50
100
74.92
Kurs 14.08.2026 11:10:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Kulolchilik: tarix va tadbirkorlikni o‘zida namoyon etuvchi hunar

379
Yangilash: 6 Yanvar 2025, 16:06
Image
Kulolchilik: tarix va tadbirkorlikni o‘zida namoyon etuvchi hunar

Milliy hunarmandchiligimiz namunalaridan biri boʻlgan kulolchilik sanʼati asrlar osha avloddan avlodga oʻtib, sayqallanib, rivojlanib bormoqda. Ilgari kulolchilik buyumlaridan faqatgina uy-roʻzgʻorda foydalanishgan boʻlsa, endilikda eng qimmatbaho sanʼat asarlari qatorida eʼtirof etilmoqda. 

XIX asr boshlarida Rishtonning kulolchilik mahsulotlari nafaqat Fargʻona vodiysida balki butun Markaziy Osiyo boʻyicha yuqori talabga ega boʻlgan.

Bugun Rishtonda mahalliy aholi uy-roʻzgʻor buyumlaridan tortib, badiiy kulolchilik namunalarigacha boʻlgan tayyor mahsulotlarni uyda yasash va boʻyash bilan shugʻullanadi.

photo_2024-12-14_15-01-52.jpg

Biz Rishtonning kulolchilik namunalaridan bahramand boʻlish uchun “Mingboshi keramik” oilaviy korxonasiga tashrif buyurdik. Bu yerdan oʻrin egallagan rang-barang buyumlar, sanʼat asarlarini koʻrib, lol qoldik. Albatta, Rishton kulolchiligi oʻz maktabi va anʼanalari, uslubi, yoʻnalishiga ega. Ayniqsa, usta kulollarning qoʻl mehnati bilan yasalgan mahsulotlari oʻzining dizayni, yorqin va tabiiy rangi, serjilo va qalampir nusxali naqshlarga boyligi bilan ajralib turadi.

Shokirjon Ahmadjonov rahbarlik qilayotgan “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasi tomonidan yirik kulolchilik kooperatsiyasi tashkil etilgan. Loyiha qiymati 10 milliard soʻm boʻlgan korxonada 100 kishi doimiy, 3 ming kishi kasanachilik yoʻnalishida ish bilan taʼminlangan. Ayni damda korxona tomonidan xorijiy davlatlarga mahsulotlar yetkazib berish boʻyicha eksport shartnomalari imzolangan. Nargizaxon Umarova “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasining sopol mahsulotlari ishlab chiqarish va bezak berish sexida faoliyat olib boradi.

- Shu kunga qadar koʻplab shogirdlar tarbiyaladim. Uyda oʻtirgan xotin-qizlarga kulolchilik sir-asrorini oʻrgatdim. Shogirdlarim ham bugungi kunda oʻzi yaratayotgan mahsulotlar ortidan daromadga ega boʻlishgan. Bugun kulolchilik namunalarimizga ham mahalliy aholi, ham xorijiy sayyohlar birdek qiziqish bildirmoqda. Kulolchilik namunalarimizni turfa xil naqshlar bilan bezashda atlas, adras nusxalaridan andoza olamiz. Men koʻproq anor tasvirini aks ettirishni xush koʻraman. Hunarim ortidan yaxshigina daromad olyapman. Yaqinda “Mikrokreditbank” xodimlari kelib qanday yordam kerak, faoliyatingizni yanada kengaytirishni istasangiz, biz yordam berishga tayyormiz”, deya soʻrab kelishdi. Avvalo, eʼtiborda ekanligimizdan, davlatimiz doimo yordam qoʻlini choʻzishga tayyorligidan mamnun boʻldim. Xom ashyo va zarur jihozlar xarid qilishim uchun imtiyozli kreditlardan foydalanishni maqsad qildim, - deydi u biz bilan suhbatda. 

photo_2024-12-14_15-01-51.jpg

Soʻnggi yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va bunyodkorlik salohiyatini qoʻllab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham fikrimizni tasdiqlasa ajabmas.  

Rishton tumanining kulolchilik hunariga ixtisoslashuvini inobatga olib, bu yerda ham aholi daromadlarini yanada oshirish, ish oʻrinlari yaratish, aholi bandiligini taʼminlash maqsadida “Mikrokreditbank” tomonidan imtiyozli kreditlar taqdim etila boshlandi.

2024-yil davomida hunarmandchilikning kulolchilik turini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Rishton tumanida istiqomat qiluvchi 254 nafar hunarmandga 2,5 milliard soʻmdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilib, birgina kulolchilik yoʻnalishida 250 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratishga erishildi. Fargʻona viloyati miqyosida olib qaraydigan boʻlsak, ajratilgan kredit miqdori 5 milliarddan ortiqni tashkil qiladi. Yaʼni joriy yilda viloyatda jami 450 nafarga yaqin hunarmandlar bankning imtiyozli kreditlaridan foydalangan holda, faoliyat turini kengaytirishga erishgan. 

Rishtonlik Karomatxon Xolmatova ham ushbu imtiyozlardan oqilona foydalanib, oʻz faoliyatini boshladi. Unga miniatura, rang-tasvir naqqoshlik yoʻnalishlarida faoliyat olib borish uchun “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 10 million soʻm miqdorda kredit mablagʻlari ajratildi. U xom ashyo va boshqa kerakli jihozlar xarid qilish orqali oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyish imkoniyatiga ega boʻldi.

Shular qatorida Mashhura Alijonova, Tojixon Hamroaliyeva, Feruzaxon Otaboyeva kabi yuzlab rishtonlik opa-singillarimiz bankning imtiyozli shartlardagi kreditlaridan foydalanib, bugungi kunda roʻzgʻoriga daromad olib kelmoqda. 

Bank tomonidan “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasidagi ishlar davom etadi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

14 Avgust 2026

Dam olish kunlari ham ishlaymiz!

15 va 16-avgust (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi.
12 Avgust 2026

Jamoatchilik eshituvi: 6 oyda 2 750 nafar xodim o‘qitildi, 67 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi

2026-yil may oyida Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tarkibida Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va xaridlar ustidan nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi.

12 Avgust 2026

MKBANK ilk bor S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingini oldi

Bankka “BB-” darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingi “Barqaror” (Stable) prognozi bilan berildi

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X