MKBANK orqali Oʻzbekistonning UZCARD va Qirgʻizistonning ELCARD to’lov tizimlarning bank kartalari o‘rtasida transchegaraviy pul o‘tkazmalar xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda siz MAVRID ilovasi orqali ushbu xizmatdan foydalanib, tezkor va qulay P2P o‘tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin.

Xizmatining eng qulay jihati, siz pulni so‘mda yuborasiz, oluvchi esa uni qirg‘iz somida qabul qiladi.

Imkoniyatlar sizning qulayligingiz uchun xizmat qilsin!

P/s: Ushbu xizmat turini ishga tushirish uchun Universal bank bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma ham imzolandi.

Bank Axborot xizmati