Hurmatli mijozlar!

Bankning “Mavrid” mobil ilovasida korrupsion vaziyatlar haqida xabar berish uchun “Antikor” boʻlimi tashkil etildi.

Murojaatlar maxfiylik asosida qabul qilinadi va har bir holat masʼuliyat bilan koʻrib chiqiladi.

Qanday foydalaniladi?

“Mavrid” ilovasini yuklang → “Menyu”ga kiring va “Antikor” boʻlimiga oʻting → Murojaat shaklini toʻldiring → Yuborish tugmasini bosing.

Biz uchun Sizning fikringiz va faolligingiz muhim. Korrupsiyaga qarshi kurashda biz bilan birga boʻling!