
Ijtimoiy tarmoqlar orqali mijoz hisobvarag'idan noqonuniy ravishda pul yechib olingan holati aks etgan videolavha joylangan. Murojaatda 2024-yil 26-iyundagi 839-sonli hamda 2025-yil 30-yanvardagi 1733762-sonli kredit shartnomalari bo‘yicha kredit qarzdorligi noto‘g‘ri hisoblangani va mijoz hisobvarag‘idan ortiqcha mablag‘ undirilgani qayd etilgan.
Mazkur holat Bank tomonidan tegishli hujjatlar va hisob-kitoblar asosida o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu kredit shartnomalari doirasida jami 338 880 045,51 so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirilgan. Shuningdek, kredit mablag‘lari harakati bo‘yicha amalga oshirilgan tegishli to‘lovlar kredit majburiyatlari hamda amaldagi shartnomaviy munosabatlar doirasida shakllangan.
Aniqlanishicha, mijozning hisobvarag‘idan kredit to‘lovi sifatida ortiqcha mablag‘ undirilmagan.
Shu sababli, murojaatda ko‘rsatilgan ortiqcha undirilgan mablag‘ni qaytarish haqidagi talabni qanoatlantirish uchun asos mavjud emas.
Bank o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilik va tuzilgan shartnomalar talablariga doimo qat’iy rioya qilgan. Biz uchun har bir murojaat e'tiborda.

















