
(2026-yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar xususida)
Bugun davlatimiz rahbarining har bir farmon va qarorlari, yigʻilish bayonlarida davlat va ijro organlari oldiga qoʻyilayotgan topshiriqlar asosan aholi bandligini taʼminlash va barqaror daromad manbaini shakllantirish, hududlarda kambagʻallikni butkul tugatishga yoʻnaltirilgan.
Aynan shu maqsadda, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi boʻyicha aniq hisobdorlikni taʼminlashga qaratilgan davlatimiz rahbarining PF-117-sonli farmonlari shu yil 25-iyulda qabul qilindi.
Topshiriqlar ijrosini taʼminlashda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida, 2025-yil 1-oktabrdan boshlab har oyda ijro intizomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni veb-sahifalarga joylashtirish, shuningdek, har chorakda keng jamoatchilikka hisobot berish tartibi belgilab qoʻyildi.
Taʼkidlash lozimki, ijro intizomini mustahkamlash va ijro nazorati mexanizmlarini yanada takomillashtirish borasida Mikrokreditbankda ham qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Eng avvalo, ish yuritish, hujjatlar aylanishi, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qabul qilish, masʼul ijrochiga yoʻnaltirish, ijro ustidan onlayn monitoring va nazorat oʻrnatish, ijro muddati kelayotganligi toʻgʻrisida kamida uch kun oldin xabardor qilish tizimi toʻliq raqamlashtirildi.
Bankda ijro intizomining samaradorlik koʻrsatkichlari bevosita “KPI” tizimiga bogʻlandi va shu asosda ijro samaradorligini baholash tizimli yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, topshiriqlar ijrosini tashkil etish bilan bogʻliq barcha masalalar har hafta juma kuni Boshqaruv raisi oʻrinbosarlari, dushanba kuni Boshqaruv raisi huzurida hamda har oyda bank Boshqaruvida tanqidiy muhokama qilinib kelinmoqda.
Ijro intizomini mustahkamlash maqsadida 2026-yilda ham bankda muntazam ravishda “iqtisodiy oʻqish”lar tashkil qilinmoqda. Shuningdek, ijro intizomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bankning hamda Adliya vazirligining veb-sahifalariga joylashtirilib, har oyda maʼlumotlarni yangilab borilmoqda.
Tahlillarga koʻra, joriy yilning yanvar-mart oylarida “ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizim orqali Mikrokreditbank zimmasiga davlatimiz rahbarining 129 ta topshiriqlari ijrosi yuklatilgan. Bankda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu topshiriqlarning barchasini ijrosi taʼminlandi.
Davlatimiz rahbarining farmonlari va qarorlarida belgilangan topshiriqlar asosida aholi va tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun 2026-yilning 1-choragida jami 2,1 trln. soʻm bank kreditlari ajratildi. Jumladan:
kichik biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlash doirasida 165,5 mlrd. soʻm;
oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 498,9 mlrd. soʻm;
“biznesga birinchi qadam” doirasida 112,0 mlrd. soʻm;
investitsiya dasturi doirasida 1,1 trln. soʻm;
“mening mahallam” dasturi doirasida 232,6 mlrd. soʻm;
yirik loyihalarga (oboroti 100 mlrd. soʻmdan yuqori) 123 mlrd. soʻm.
Mikrokreditbank kreditlari hisobiga yanvar-mart oylarida moliyalashtirilgan 51 538 ta loyiha ishga tushirilib, 37 413 ta ish oʻrinlari yaratildi. Shundan, 8 426 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 28 987 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.
Misol uchun, Toshkent viloyati Parkent tumani “Shampan” mahallasida 10 nafar yoshlarga (1 gektardan) ijaraga berilgan 10 gektar yer maydoniga pomidor ekiladi. Ekin yetishtirish boʻyicha “Transport Globus” korxonasi va yer egalari oʻrtasida fyuchers shartnomalari imzolanib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra birinchi ekinda 350 tonna mahsulot yetishtiriladi va har bir yosh 60 mln. soʻm daromad olishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm, Fargʻona, Surxondaryo, Samarqand va Toshkent shaharlarida 10 dan ortiq koʻcha obodonlashtirilib, 24/7 rejimda tunu-kun ishlaydigan savdo, koʻngilochar shoxobchalari ishga tushirildi.
2026-yilning yanvar-mart oyida 1 336 ta mikroloyiha amalga oshirilishi belgilangan boʻlib, 1-aprel holatiga 3 356 ta mikroloyiha “Online-mahalla.uz” platformasiga kiritildi. Platformaga kirtilgan 736 ta mikroloyiha uchun 41,3 mlrd soʻm bank krediti ajratilib, 1 982 ta ish oʻrni yaratildi.
Shuningdek, kam daromadli 2 379 ta xonadonga 11, 8 mlrd. soʻmlik loyiha paketlari yetkazib berilib, 4 800 nafar aholi bandligi taʼminlandi.
Mikrokreditbankka biriktirilgan mahallalarda mahalla bankiri va yordamchi agentlari tomonidan yanvar-mart oyida 6,8 mingta plastik karta, 333 nafar aholidan 37,2 mlrd soʻm omonat, 7 133 nafar aholiga 335,4 mlrd. soʻm kreditlar ajratilishiga koʻmaklashildi va 28,2 mlrd. soʻmlik muammoli kreditlarni undirildi.
Mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash va turmush farovonligini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari hamda berilayotgan topshiriqlarning sifatli ijrosini taʼminlashning barcha choralari koʻrib boriladi.
Bank Boshqaruvi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi qatʼiy nazoratga olingan.


















