Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11800
Sotish
11875
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11800
11875
11820.4
EUR
13000
14000
13684.48
RUB
140
139.05
GBP
15600
16600
15990.64
CHF
14200
15200
14549.98
JPY
50
100
74.02
Kurs 19.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

“Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi toʻgʻrisida axboroti

85
Yangilash: 12 Fevral 2026, 18:25
Image
“Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi toʻgʻrisida axboroti

(2025-yil 4-chorakda amalga oshirilgan ishlar xususida)

Hammamizga maʼlumki, davlatimiz rahbarining har bir farmon va qarorlari, yigʻilish bayonlarida davlat va ijro organlari oldiga qoʻyilayotgan topshiriqlar asosan aholi bandligini taʼminlash va barqaror daromad manbaini shakllantirish, hududlarda kambagʻallikni butkul tugatishga yoʻnaltirilgan.   

Aynan shu maqsadda, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi boʻyicha aniq hisobdorlikni taʼminlashga qaratilgan davlatimiz rahbarining PF-117-sonli farmonlari shu yil 25-iyulda qabul qilindi.

Topshiriqlar ijrosini taʼminlashda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida, 2025-yil 1-oktabrdan boshlab har oyda ijro intizomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni veb-sahifalarga joylashtirish, shuningdek, har chorakda keng jamoatchilikka hisobot berish tartibi belgilab qoʻyildi.

Taʼkidlash lozimki, ijro intizomini mustahkamlash va ijro nazorati mexanizmlarini yanada takomillashtirish borasida Mikrokreditbankda ham qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Eng avvalo, ish yuritish, hujjatlar aylanishi, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qabul qilish, masʼul ijrochiga yoʻnaltirish, ijro ustidan onlayn monitoring va nazorat oʻrnatish, ijro muddati kelayotganligi toʻgʻrisida kamida uch kun oldin xabardor qilish tizimi toʻliq raqamlashtirildi. 

Bankda ijro intizomining samaradorlik koʻrsatkichlari bevosita “KPI” tizimiga bogʻlandi va shu asosda ijro samaradorligini baholash tizimli yoʻlga qoʻyildi. 

Shuningdek, topshiriqlar ijrosini tashkil etish bilan bogʻliq barcha masalalar har hafta juma kuni Boshqaruv raisi oʻrinbosarlari, dushanba kuni Boshqaruv raisi huzurida hamda har oyda bank Boshqaruvida tanqidiy muhokama qilinib kelinmoqda.

Ijro intizomini mustahkamlash maqsadida bank tizimida muntazam ravishda “iqtisodiy oʻqish”lar tashkil qilinib, hisobot yilida jami 11 marotaba oʻquv seminarlari tashkil qilindi hamda ijro intizomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bankning hamda Adliya vazirligining veb-sahifalariga joylashtirib, har oyda maʼlumotlarni yangilab borish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

Bundan asosiy maqsad - hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ustuvor vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan.

Tahlillarga koʻra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida “ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizim orqali Mikrokreditbank zimmasiga davlatimiz rahbarining 851 ta topshiriqlari ijrosi yuklatilgan. Bankda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu topshiriqlarning barchasini ijrosi taʼminlandi.

Davlatimiz rahbarining farmonlari va qarorlarida belgilangan topshiriqlar asosida aholi va tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun jami 7,993 trln. soʻm bank kreditlari ajratildi. Jumladan: 

kichik biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlash doirasida 936,1 mlrd. soʻm;
oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 1,655 trln. soʻm;
“biznesga birinchi qadam” doirasida 456,4 mlrd. soʻm;
investitsiya dasturi doirasida 3,7 trln. soʻm;
“mening mahallam” dasturi doirasida 1,2 trln. soʻm;
yirik loyihalarga (oboroti 100 mlrd. soʻmdan yuqori) 1,1 trln. soʻm;
tijorat maqsadlari uchun 1,3 trln. soʻm.

Mikrokreditbank kreditlari hisobiga moliyalashtirilgan 185 477 ta loyiha ishga tushirilib, 345 542 ta ish oʻrinlari yaratildi. Shundan, 122 870 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 221 672 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi. 

Misol uchun, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “New Fly Techno” MCHJning umumiy qiymati 10,4 mln. doll. boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun polipropilen qop ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga 5,7 mln. doll. kredit ajratildi. 

Mazkur loyiha ishga tushishi natijasida 158 ta ish oʻrin yaratiladi, yiliga 80 mln. dona 6 xildagi qop mahsulotlari ishlab chiqariladi, yiliga 8,1 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash ishlari amalga oshiriladi.

Yana bir loyiha, Xiva shahridagi “Gʻovuq” koʻli atrofida “Sharq” turistik majmuasini barpo etish doirasida mehmonxona faoliyatini tashkil etish va savdo-koʻngilochar majmualarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda 95 xonali, 250 oʻrinli 2 qavatli mehmonxona faoliyati yoʻlga qoʻyildi, shuningdek, novvoyxona, 4 ta mehmon uyi, milliy va yevropa taomlari restoranlari aholiga xizmat koʻrsatmoqda.

Toshkent viloyati Parkent tumanida esa 3 ta 5 qavatli, jami 120 ta xonadonga moʻljallangan turar joy majmuasi barpo etilib, bugun 96 ta xonadon oʻz egalariga topshirilgan.

Qoʻqon shahrining “Yangi Oʻzbekiston” massivida 10 ta 10 qavatli uy-joy kompleksi barpo etilmoqda. Ushbu kompleksda 712 ta xonadonlar, savdo maydonchalari hamda bolalar bogʻchasi joylashtirilgan.

Bugungi kunda 10 ta koʻp qavatli uylarni qurish ishlari jadal olib borilmoqda.

Shuningdek, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm, Fargʻona, Surxondaryo, Samarqand va Toshkent shaharlarida 15 ta koʻcha obodonlashtirilib, 24/7 rejimda tunu-kun ishlaydigan savdo, koʻngilochar shoxobchalari ishga tushirildi, natijada 80 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

2025-yilda 47 956 ta mikroloyihaga 905,1 mlrd soʻm kredit ajratilishi natijasida 98 263 ta ish oʻrni yaratildi.

Shuningdek, kam daromadli 11 142 ta xonadonlarga 318 mlrd soʻmlik loyiha paketlari yetkazib berilib, 16 704 nafar aholi bandligi taʼminlandi.

Mikrokreditbankka biriktirilgan mahallalarda mahalla bankiri va yordamchi agentlari tomonidan bugunga qadar 1,5 trln. soʻm kreditlar ajratildi. Shu bilan birga, mahalla agentlari tomonidan 26,6 mingta plastik karta, 131 nafar aholidan 27,8 mlrd soʻm omonat, 2 704 nafar aholiga 822,3 mlrd soʻm kreditlar ajratilishiga koʻmaklashildi.

Mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash va turmush farovonligini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari hamda berilayotgan topshiriqlarning sifatli ijrosini taʼminlashning barcha choralari koʻrib boriladi.

Bank Boshqaruvi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi qatʼiy nazoratga olingan.



Yana ko‘ring

18 Avgust 2026

MKBANK rahbariyati “Dolzarb 40 kunlik” doirasida mahallalarni o‘rgandi

Aniqlangan masalalarni hal etishda bankning hududiy bo‘linmalari hamda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

18 Avgust 2026

“MUSTAQILLIK VA MEN” — RASMLAR TANLOVIGA MARHAMAT!

Tanlovda 6–11 yoshdagi bank xodimlarining farzandlari ishtirok etishi mumkin.

17 Avgust 2026

MKBANK va FOTON strategik hamkorlik va boʻlib toʻlash shartlari!

Imtiyozli shartlari 0% bo’lib to’lash asosida rasmiylashtirishlari mumkin

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X