Bank tomonidan mijozlarga koʻrsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar koʻlamini kengaytirish maqsadida, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda “UNA MOLIYA” mikromoliya tashkiloti hamda tadbirkorlarning aylanma mablagʻlari va faoliyatining uzluksizligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi “MKB FAKTORING GROUP” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.

Ushbu korxonalar oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, mijozlarga mikromoliya va faktoring xizmatlarini koʻrsatadi. 

Shu bilan birga mazkur korxonalarda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha doimiy ravishda yangi xizmat turlari joriy qilinib boriladi. 

Bank Axborot xizmati