
2026-yil 12-oktabr kuni “Mikrokreditbank” ATB Bosh ofisida YUTONG HONGKONG LIMITED vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Bank mijozlari tomonidan Yutong avtobuslari va tijorat transport vositalarini xarid qilishni moliyalashtirish, jumladan, Xitoy yuanida (CNY) kredit liniyasini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Yutong bilan vositachi banklarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish hamda China Development Bank bilan hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Mazkur loyiha Bankning mahsulotlar qatorini kengaytirish, korporativ mijozlar va kichik hamda o‘rta biznesni moliyalashtirish hajmini oshirish imkonini beradi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Maxfiylik to‘g‘risidagi bitim (NDA) va Hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Tomonlar loyihani qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib, bitimni 2026-yil yakuniga qadar amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Bank Axborot xizmati
















