Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
12010
Sotish
12125
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
12010
12125
12066.22
EUR
12700
13700
13444.18
RUB
150
149.74
GBP
15500
16500
16075.82
CHF
13800
14800
14565.69
JPY
50
100
76.36
Kurs 30.10.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Mikrokreditbankda “Dolzarb to‘rt oylik”ka bag‘ishlangan ishlar yuzasidan Brifing

...
Yangilash: ...
Image
Mikrokreditbankda “Dolzarb to‘rt oylik”ka bag‘ishlangan ishlar yuzasidan Brifing

29-oktabr kuni Mikrokreditbankning Mahallabay ishlash va hududiy loyihalarni boshqarish departamenti direktori o‘rinbosari Nodir Shodmonov ishtirokida “Dolzarb to‘rt oylik”ka bag‘ishlangan ishlar yuzasidan brifing tashkil etildi. 

Yurtimizda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan. Bu borada “Mikrokreditbank” ATB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi muammolariga amaliy yechim topish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, bugungi kunda bank Boshqaruv raisi, uning o‘rinbosarlari hamda tarkibiy tuzilma rahbarlaridan iborat ishchi guruh fuqarolar bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida aholi orasida ish olib bormoqda. 

Shuningdek, bankka biriktirilgan 24 ta tuman va shahardagi 945 ta mahallada faoliyat yuritayotgan 479 nafar mahalla bankiri aholi xonadonlarini o‘rganib, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va yangi daromad manbalarini yaratishiga ko‘maklashmoqda. 
Mahallalarda olib borilgan xatlov ishlari doirasida hokim yordamchilari bilan hamkorlikda 806 262 ta xonadondagi 2 million 527 ming nafar aholi o‘rganildi. Jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 61 517 ta oiladagi 256 ming nafar aholi, shuningdek, “Kambag‘al oila” toifasidagi 34 151 ta oilada yashovchi 130 ming nafar fuqaro bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilindi. 

Mazkur o‘rganishlar aholining ehtiyojlarini aniqlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda har bir xonadon uchun daromad keltiruvchi loyihalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. 

Mikro, kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bank faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. “Dolzarb 4 oylik”da bank tomonidan dasturi Sentabr-oktabr oylarida esa 754 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari yo‘naltirildi. Ushbu mablag‘larning 125 milliard so‘mi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish”, 80 milliard so‘mi “Biznesga birinchi qadam”, 72 milliard so‘mi “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” va 429 milliard so‘mi “Mahalla loyihasi” dasturlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Ajratilgan kreditlar hisobiga 12 719 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 30 875 ta ish o‘rni yaratildi. Shundan, 6 668 tasi yuridik shaxs tashkil etish orqali, 6 051 tasi esa fuqarolarning bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalardir. 

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanining “Navro‘z” mahallasida “Registan GYM” MCHJning avtomoyka va sport o‘yingohi loyihasi amalga oshirildi. Umumiy qiymati 900 million so‘m bo‘lgan loyihaning 600 million so‘mi bank krediti hisobidan moliyalashtirildi. Natijada uch nafar yoshning bandligi ta’minlandi. 

Bu kabi tashabbuslar mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga, fuqarolarning doimiy daromad topish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. 

Masalan, Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tikuvchilik yo‘nalishida 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud. Mavjud ehtiyojni qoplash maqsadida bank tashabbusi bilan “Chovli” mahallasida kasb-hunarga o‘qitish markazi tashkil etilib, 40 dona tikuv mashinasi bilan jihozlandi. 
Bu esa fuqarolarni kasbga o‘rgatish va ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish uchun muhim imkoniyat yaratadi. 

Bugunga qadar 11 197 nafar ishsiz aholini bandligi ta’minlanib, ishga joylashganligi bo‘yicha dalolatnoma tasdiqlandi. Shundan, 4 589 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 6 608 nafari tadbirkorlikka jalb qilinib, 212,1 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Mahalla bank-kredit.uz platformasi orqali hududlarning iqtisodiy salohiyati, mavjud resurslari, bo‘sh ish kuchi va ustuvor tarmoqlari tahlil qilinib, istiqbolli loyihalar shakllantirilmoqda. 
Hozirda mahallalarda jami 2 908 ta mikroloyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ular orqali 6 916 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. 

Mahallalarda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mahalla loyihasi” dasturi doirasidagi kredit shartlari yanada qulaylashtirildi. Kredit foizi 21 foiz etib belgilandi, miqdori 300 million so‘mgacha oshirildi va muddati 7 yilgacha uzaytirildi. 
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun yangi “Mahallaga ko‘mak” kredit mahsuloti ishlab chiqildi. Ushbu mahsulot orqali 21 foiz stavkada, 5 milliard so‘mgacha va 7 yilgacha muddatga kredit ajratish imkoniyati yaratildi. 

Hozirga qadar 4 065 nafar tashabbuskorga jami 259,1 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, 4 065 ta ish o‘rni yaratildi. 

Umuman olganda, “Mikrokreditbank” ATBning “Dolzarb to‘rt oylik” doirasidagi faoliyati mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan. Ushbu sa’y-harakatlar orqali fuqarolarning iqtisodiy faolligini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga munosib hissa qo‘shilmoqda.

Bank Axborot xizamti



Yana ko‘ring

30 Oktyabr 2026

Marhamat BXM faoliyati yuzasidan bildirilgan murojaat o‘rganildi

BXM rahbariga nisbatan intizomiy chora qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilingan
30 Oktyabr 2026

Dam olish kunlari ham ishlaymiz!

31-oktabr va 1-noyabr (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi.
28 Oktyabr 2026

Murojaatchi bilan uchrashuv o'tkazildi

Tuman hokimining yakuniy xulosasi asosida hal etilishi tushuntirildi
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X