Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11930
Sotish
11995
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11930
11995
11937.89
EUR
13000
14000
13769.16
RUB
145
141.76
GBP
15600
16600
16107.79
CHF
14200
15200
14690.98
JPY
50
100
74.92
Kurs 14.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Mikrokreditbankda “Moliyaviy menejment va g'aznachilik funksiyalari transformatsiya qilindi

236
Yangilash: 7 Avgust 2023, 18:00
Image
Mikrokreditbankda “Moliyaviy menejment va g'aznachilik funksiyalari transformatsiya qilindi

Mikrokreditbankda PwC ishtirokida “Moliyaviy menejment va g'aznachilik funksiyalari (CFO & Treasury)” yo'nalishi xalqaro standartlar va ilg'or tajribalarga muvofiq transformatsiya qilindi.

“Mikrokreditbank” ATB “Big 4” ga kiruvchi xalqaro konsalting kompaniyalar bilan hamkorlikda bank faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladigan “Bankning 2025-yilgacha bo‘lgan rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqdi. Mazkur strategiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-son Farmonini amalga oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Strategiyaga ko‘ra, bankni o'zgartirishning asosiy yo'nalishlaridan biri – moliyaviy funksiyani rivojlantirish deya belgilandi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun konsalting xizmatlari bozorida jahon yetakchilaridan biri PwC kompaniyasi jalb qilingan.

Ma'lumot uchun: PwC – audit, soliq va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi xalqaro kompaniya  hisoblanadi. Brend 160 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud bo'lib, to'rtta eng yirik auditorlik kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Konsultantlar bilan birgalikda bir yil davomida 50 dan ortiq ichki me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun hisobot shakllari yaratildi, shuningdek, bank xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mazkur loyiha 6 bosqichdan iborat bo‘lib, joriy yilning iyul oyida asosiy ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi.

Bugun esa bankimiz xodimlari o‘z bilim va tajribalari bilan bo‘lishishmoqda. Xususan, 4-avgust kuni “Ipak Yoʻli bank” va PwC konsalting kompaniyasi xodimlari bilan moliyaviy menejment va gʻaznachilik funksiyasini tashkil etish boʻyicha tajriba almashish maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda “Mikrokreditbank” ATB mutaxassislari “Ipak yo‘li” bankidagi hamkasblari bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z tajribalarini bo‘lishishdi.

- transfert narxlarini shakillantirish;
- zamonaviy byudjetlashtirish modeli;
- aktivlar va passivlarni boshqarish funksiyalarini ishlab chiqish;
- g'aznachilik funksiyasini rivojlantirish;
- BI vositalaridan foydalangan holda ko'p o'lchovli boshqaruv hisobotini shakllantirish va uni vizualizatsiya qilish.

Shuningdek, transfer stavkalari egri chizig‘ini (mahalliy bozorning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda) hisoblash yondashuvlari, bank jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari, yangi byudjet rejalashtirish formatlarining xususiyatlari muhokama qilindi. Mahsulotlar, biznes segmentlari, hududlar rentabelligi to'g'risidagi barcha zarur ma'lumotlarni tezkorlik bilan olish imkonini beruvchi ko'p tarmoqli boshqaruv hisobotining bank rahbariyati faoliyati uchun naqadar zarurligi alohida qayd etildi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

14 Avgust 2026

Dam olish kunlari ham ishlaymiz!

15 va 16-avgust (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi.
12 Avgust 2026

Jamoatchilik eshituvi: 6 oyda 2 750 nafar xodim o‘qitildi, 67 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi

2026-yil may oyida Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tarkibida Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va xaridlar ustidan nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi.

12 Avgust 2026

MKBANK ilk bor S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingini oldi

Bankka “BB-” darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingi “Barqaror” (Stable) prognozi bilan berildi

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X