Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
12010
Sotish
12100
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
12010
12100
12042.05
EUR
13000
13800
13744.8
RUB
160
155.03
GBP
15300
16300
16058.07
CHF
14200
15200
14940.51
JPY
50
100
74.18
Kurs 07.07.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

MKBANK kredit mahsulotlari – aholi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy moliyaviy yechimlari

...
Yangilash: ...
Image
MKBANK kredit mahsulotlari – aholi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy moliyaviy yechimlari

Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishishda bank-moliya tizimining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.

MKBANK mijozlarning turli ehtiyojlarini inobatga olgan holda jismoniy va yuridik shaxslar uchun zamonaviy kredit mahsulotlarini taklif etmoqda. Xususan "Naqd pulda krediti", "Tadbirkorlikni rivojlantirishni kompleks qo‘llab-quvvatlashning "uzluksiz zanjiri" krediti hamda "Ekspress hamkor" krediti mikro va kichik biznes yo‘nalishidagi tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qilmoqda.

Tadbirkorlar uchun qulay moliyaviy yechim – "Naqd pulda" krediti
MKBANKning "Naqd pulda" krediti yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari hamda yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tadbirkorlik ehtiyojlarini moliyalashtirish imkonini beradi.

60 oygacha muddatga 500 mln. so‘mgacha miqdordagi kreditni yillik 22,9% stavkadan bank kassalari orqali rasmiylashtirish mumkin.

Mazkur kredit orqali ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini rivojlantirish, xomashyo xarid qilish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish hamda biznesni yanada kengaytirish mumkin. Kreditning shaffof shartlari, qulay muddatlari va tezkor ko‘rib chiqish jarayoni mijozlarga o‘z biznesini uzluksiz rivojlantirish imkoniyatini yaratadi.

"Uzluksiz zanjir" krediti – biznes rivojining barcha bosqichlarini qo‘llab-quvvatlash
MKBANK tomonidan joriy etilgan Tadbirkorlikni rivojlantirishni kompleks qo‘llab-quvvatlashning "uzluksiz zanjiri" dasturi tadbirkorlarni biznesning barcha bosqichlarida moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Mazkur yondashuv tadbirkorlik subyektlarining yangi loyihalarni boshlashi, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishi, zamonaviy uskunalar xarid qilishi, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashi hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishiga xizmat qiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun taqdim etilayotgan mazkur kredit 5 mlrd. so‘mgacha yillik 22% stavkada 7 yil muddatga 12 oy imtiyozli davrda taqdim etiladi.

Kompleks yondashuv asosida shakllantirilgan ushbu kredit mexanizmi nafaqat moliyalashtirish, balki biznesning barqaror o‘sishini ta'minlashga ham xizmat qiladigan samarali vosita hisoblanadi.

"Ekspress hamkor" krediti – tezkorlik va ishonch uyg‘unligi
Bozor sharoitida ko‘plab biznes qarorlari qisqa vaqt ichida qabul qilinadi. Shu bois MKBANK tomonidan taklif etilayotgan xorijiy va milliy valyutadagi "Ekspress hamkor" krediti tadbirkorlarga zarur mablag‘ni tezkor jalb etish imkonini yaratadi.

Kredit miqdori 250 ming AQSh dollarigacha bo‘lib, yillik stavka milliy valyutada 26%dan, xorijiy valyutada 11,9%dan 60 oygacha taqdim etiladi. 

Mazkur kredit biznesning uzluksiz faoliyatini ta'minlash, aylanma mablag‘ yetishmovchiligini bartaraf etish hamda yangi imkoniyatlardan o‘z vaqtida foydalanishga xizmat qiladi. Tezkor ko‘rib chiqish jarayoni, qulay rasmiylashtirish tartibi va mijoz manfaatlariga yo‘naltirilgan xizmat tamoyillari ushbu mahsulotning asosiy afzalliklaridan biridir.

MKBANK tomonidan taklif etilayotgan kredit mahsulotlari nafaqat moliyaviy xizmat, balki mijozlarning biznes g‘oyalari va istiqbolli loyihalarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan ishonchli hamkorlik vositasidir.

Mijoz manfaatlari – MKBANK faoliyatining ustuvor yo‘nalishi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

6 Iyul 2026

Chegaralar endi to'siq emas!

Tanishing — MAVRID PAY!
6 Iyul 2026

MKBANK xodimlari Buyuk Britaniyadagi xalqaro o‘quv seminarida

Ikki qismda davom etgan dastur interaktiv treninglar, amaliy muhokamalar, davra suhbatlari bo'lib o'tdi
3 Iyul 2026

Xalqaro hamkorlik yo‘lidagi muhim qadam!

MKBANK MIGA kafolati ostida Mashreq Bankdan 65 mln AQSH dollari miqdorida moliyalashtirishni jalb qildi
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X