
Aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan moliyaviy savodxonlik bo‘yicha “Eng yaxshi o‘qituvchi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini aniqlash hayajon va bilimlar bellashuviga boy bo‘ldi!
Quvonarlisi, tanlovning har bir ishtirokchisi moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi. Ayniqsa, eng murakkab moliyaviy mavzularni ham maktab o‘quvchilari uchun sodda va qiziqarli shaklda tushuntirish mumkinligini namoyon etdilar.

Ikki boshqichda tashkil etilgan Final g‘oliblari bilan tanishing:
1-o‘rin – Kurbanova Sitora (Navoiy viloyati, Navoiy shahri, 21-maktab)
2-o‘rin – Salimova Shahlo (Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, 1-maktab)
3-o‘rin – Nurgaliyeva Madina (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, 32-maktab)

E’tiborlisi, mazkur tanlovda MKBANKka biriktirilgan Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 1-maktab o‘qituvchisi Shahlo Salimova faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Barcha finalchilar esdalik sovg‘alari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom va sertifikatlar bilan mukofotlandi.
G‘olib o‘qituvchilar maktab o‘quvchilari orasida moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha ambassadorlar sifatida tan olindi.

















