
Bugungi kunda Mikrokreditbank nafaqat moliyaviy xizmatlar, balki sport, taʼlim va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. “Olimpic day”dagi hamkorlik ham ana shunday tashabbuslarning mantiqiy davomi boʻldi.


Xalqaro Olimpiya kuni munosabati bilan sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy faollikka keng jalb etish maqsadida 13-iyun kuni “Olimpiya shaharchasi”da keng ko‘lamli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Mazkur tadbir bir qator davlat tashkilotlari hamda MKBANK hamkorligida tashkil etildi

Bankning ushbu tadbirdagi ishtiroki ham jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Tadbir dasturidan turli sport musobaqalari, ommaviy jismoniy faollik aksiyalari, ko‘rgazmali chiqishlar, qiziqarli tanlovlar va ko‘ngilochar dasturlar o‘rin oldi.

Shuningdek, tadbirda MKBANK o‘z stendi bilan qatnashib, bolalar va barcha ishtirokchilarga bank logosi tushirilgan termos, kardxold, sumka va boshqa esdalik sovg‘alarini ulashdi, Uzcard Kids va Uzcard Moment kartalarini bepul taqdim etishdi.

Sogʻlom hayot tarzi, sport va faol turmushni qoʻllab-quvvatlash orqali jamiyat rivojiga hissa qoʻshayotgan Mikrokreditbankning bu tashabbusi, albatta, eʼtirofga loyiq.


MKBANK barchani sport va sog‘lom turmush tarzida faol ishtirok etishga chorlaydi!
Bank Axborot xizmati

















