
9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan, bank tizimida ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish maqsadida joriy yilning 27-noyabridan 27-dekabriga qadar “Mikrokreditbank” ATBning barcha tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” oʻtkaziladi.
Oylik doirasida quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Xodimlar oʻrtasida halollik tamoyillari va komplayens-nazorat talablari boʻyicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish;
Mijozlarga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifati va shaffofligi ustidan jamoatchilik nazoratini oshirish;
Korrupsiyaga oid xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan maxsus oʻquv-seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish;
Aholi va mijozlar bilan ochiq muloqotlar oʻtkazish hamda murojaatlarni tezkor koʻrib chiqish.
Hurmatli mijozlar va hamkorlar!
Agar siz bank tizimida korrupsiya holatlari yoki xizmat koʻrsatish jarayonidagi qonunbuzilishlarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingizni soʻraymiz:
Ishonch telefoni: (+998 55) 503-77-11
Telegram-bot: @mkbanticor_bot
Elektron pochta: mkbanticor@mkb.uz
Rasmiy veb-sayt: www.mkbank.uz (“Antikorrupsiya” sahifasi)
Facebook sahifasi: mkbank.uz (“Antikorrupsiya” sahifasi)
“Mavrid” mobil ilovasi: “Antikor” boʻlimi
Har bir murojaatning maxfiyligi toʻliq kafolatlanadi.
Halollik va shaffoflik bu ishonchli hamkorlik garovidir!
















