
Respbulikamizda parrandachilik sohasini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha Mikrokreditbank tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar:
Maʼlumki, soʼnggi 5 yilda Hurmatli Prezidentimizning Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan 7 ta qarorlari qabul qilindi.
• 2021 yil 14 iyundagi PQ-5146-son (85 mln$), 2022 yil 15 iyundagi PQ-281-son, 2024 yil 27 iyundagi PQ-238-son, 2025 yil 17 yanvardagi PQ-12-son (50 mln$), 2025 yil 30 yanvardagi PQ-34-son (50 mln$), 2026 yil 12 iyundagi PQ-179-sonli, 2026 yil 23 iyuldagi PQ-274-son (105 mln$)
Mazkur qarorlar doirasida parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 185 mln dollar ekvivalentidagi mablagʼlar Mikrokreditbankga yoʼnaltirildi.
Oʼtgan davr mobaynida, bank tomonidan sohani moliyaviy qoʼllab-quvvatlash maqsadida, hududlarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda mavjud parrandachilik xoʼjaliklari faoliyati xatlovdan oʼtkazilib, ularning mavjud ishlab chiqarish salohiyatini qayta tiklash va oshirish boʼyicha aniq chora-tadbir belgilab olindi.
Аmalga oshirilgan ishlar natijasida, Mikrokreditbankka yoʼnaltirilgan mablagʼlar va Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablagʼlar hisobidan 524 ta parrandachilik loyihalariga
2,5 trln soʼm kreditlar ajratildi.
Ushbu kreditlarning 598 mlrd soʼmi (23,7 foizi) yangidan tashkil etilgan 107 ta va 1,9 trln soʼmi (76,3 foizi) kam quvvatda ishlayotgan 416 ta parrandachilik loyihalariga yoʼnaltirildi.
Bugungi kunda, mazkur korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlari tiklanishiga hamda yangi quvvatlar yaratilishiga erishildi. Natijada, kredit ajratilgan parrandachilik xoʼjaliklarining parranda boqish quvvatlari 43 foizdan 90 foizga yetkazildi.
Misol uchun, Buxoro viloyatidagi 240 ming bosh parranda yetishtirish imkoniyati mavjud boʼlgan, biroq moliyaviy mablagʼlar yetishmasligi natijasida faoliyati toʼxtab qolgan “Emir poultri” korxonasining 54 mlrd soʼmlik oldingi kreditlarini muddati uzaytirilishi va aylanma mablagʼ uchun qoʼshimcha 25 mlrd soʼm kredit ajratish hisobiga tadbirkorning faoliyati qayta tiklanib, yiliga 2,5 ming tonna parranda goʼshti yetishtirish yoʼlga qoʼyildi.
Shuningdek, bank tomonidan ajratilgan 370 mlrd soʼm kredit hisobiga, “Agroparranda klasteri” korxonasi tomonidan Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 147 mln dollar qiymatdagi klaster tizimida toʼliq zanjirli ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida, respublikamizda ilk bor goʼsht yoʼnalishidagi 100 ming bosh quvvatga ega I tartibli reproduktor naslchilik xoʼjaligi ishga tushurilishi kutilmoqda.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida, korxonada yiliga 2,5 mln bosh ikkinchi tartibli naslli ota-ona galasi, 700 ming tonna ozuqa-em va 125 ming tonna chuqur qayta ishlangan parranda goʼsht mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari hamda 2,5 mingta yangi ish oʼrinlari yaratiladi.
Hurmatli Prezidentimizning PQ-5146-sonli qaroriga muvofiq boshqa tijorat banklarida xizmat koʼrsatilayotgan parrandachilik xoʼjaliklari uchun 109 mlrd soʼmlik mablagʼlar qayta moliyalashtirish maqsadida boshqa banklariga yoʼnaltirildi.
Shu bilan birga, ushbu qarorga asoan Mikrokreditbankka yoʼnaltirilgan mablagʼlardan avval ajratilgan kreditlarning qaytishi hisobiga 38 ta parrandachilik xoʼjaliklariga 403 mlrd soʼm kredit mablagʼlari ajratildi.
Oʼtgan davr mobaynida, Hurmatli Prezidentimizning PQ-281-sonli qaroriga muvofiq bankka kelib tushgan arizalarga asosan 180 ta parrandachilik xoʼjaliklarining 190 mlrd soʼmlik kreditlarini qaytarish muddatlari 24 oydan 84 oygacha uzaytirib berildi.
Shuningdek, 2025 yil 30 yanvardagi PQ-34-sonli qaror doirasida kooperatsiya aloqalarini tashkil etish hisobiga 1 mln aholini parrandachilikda band qilish rejalashtirilgan boʼlib, banklar tomonidan ajratilgan 2,9 trln soʼmlik kreditlar, koʼrsatilgan homiyliklar va yangi tashkil qilingan korxonalar hisobiga respublikada jami 908 ming nafar aholi band qilindi.
Bundan tashqari, bugungi kunda bankimiz tomonidan ushbu sohadagi bir nechta yirik loyihalarni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.
Jumladan, Qorqalpogʼiston Respublikasida “Kegeyli baraka naslli parranda”, Namanganda “Uychi parranda”, Аndijonda “Sokin savdo servis” va “Baraka hamkor parranda” korxonalari hamda “Parranda investment” korxonasining Xorazm, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi “tayyor biznes” loyihalari shular jumlasidan.
Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun Hurmatli Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 23 iyuldagi PQ-274-sonli qarori bilan 105 mln dollarga teng ekvivalentdagi mablagʼlar Mikrokreditbankka bosqichma-bosqich yoʼnaltirilishi belgilandi.
Bankimiz tomonidan kelgusida parrandachilik sohasini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash orqali, respublikamiz aholisini sifatli parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlanishida barcha zaruriy choralar koʼrib boriladi.















