
Bugun yurtimizda sportga bo‘lgan e’tibor kuchaygani nafaqat sportchilarimizning yutuqlarida, balki, turli tashkilot va vazirliklar tomonidan o‘z xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan turli sport musobaqalarida ham aks etmoqda.

“Mikrokreditbank” ATB rahbariyati ham xodimlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqish hamda tizimda sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida mini-futbol bo‘yicha rais kubogiga start berdi.

Avvalo, jamoalar shakllantirildi. Bunda bankdagi barcha departamentlardan o‘z jamoalarini nomi va ishtirokchilar ro‘yxatini taqdim etishdi. Joy, kommisiya a’zolari va g‘oliblar uchun sovg‘alar aniqlangadan so‘ng mini-futbol musobaqasi ochiq deb e’lon qilindi.
Joriy yilning 24-may sanasidan start olgan mazkur musobaqada 24 ta jamoa 6 ta guruhga boʻlingan holda 5X5 shaklida to‘p surishdi.
P/s: Mini futbol bo'yicha ilk Jahon chempionati 1989-yili Gollandiyada o'tkazilgan.
Oʻyin 2 ta boʻlimdan iborat boʻlib, har bir boʻlim (taym) 20 daqiqadan iborat bo‘ladi. Oʻyin toʻpi futbol toʻpidan kichikroq boʻladi. Futzalda bitta oʻyinda xuddi futboldagi singari ikkita jamoa oʻynaydi. Har bir jamoaning maydonda 5 ta futzalchisi harakat qiladi, bular darvozabon va maydon oʻyinchilari. Oʻyinchi oʻzgarishi oʻyin davomida amalga oshiriladi va futboldan farqli oʻlaroq cheksiz ravishda oʻyinchini almashtirish mumkin. Oʻyinchilarga (darvozabondan tashqari) oʻyin davomida faqat qoʻl bilan oʻynash taqiqlangan.
Ayni damda guruh bosqichi o‘yinlari va nim chorak final bahslari oʻz yakuniga yetdi.
Chorak final bahslariga o‘tgan jamoalarga omad tilaymiz!
Navbatdagi o‘yin 31-may kuni o‘tkaziladi.
Bank Axborot xizmati

















