
"Mikrokreditbank" ATB tashabbusi bilan xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan xorijiy hamkor tashkilotlar bilan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 1-aprel kuni BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Samimiy tarzda o‘tgan uchrashuvda ikki tomonning takliflari tinglanib, 2025-yilda yurtimizdagi xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, ularni bosqichma-bosqich biznes sohasida o‘qitish va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlik va xotin-qizlar uchun grand mablag‘lari ajratish yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi. Bundan ko‘zlangan maqsad, hududlardagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va ularni tadbirkorlik yo‘nalishida qo‘llab-quvvatlash, desak adashmaymiz.
Ta'kidlash kerakki, MKBANKda ushbu yo‘nalishdagi amaliy ishlar davom etadi.
Bank Axborot xizmati

















