
MKBANKda raqamlashtirish bo‘yicha yana bir muhim yangilik!
“Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Fido biznes” MCHJ bilan hamkorlikda IABS dasturida “Biznes-reja” ijrosini nazorat qilish moduli bank tizimida birinchi bo‘lib, ishga tushirildi.
Endilikda bankda:
— Har bir bo‘linma o‘z biznes rejasini tizimda shakllantiradi
— Barcha jarayonlar yagona platformada boshqariladi
— Bankning “Biznes-reja” ijrosi kunlik Reja/Fakt asosida nazorat qilinadi.
Shuningdek,
- Xaridlar rejasi onlayn yuritiladi
- bankning yangi Resurs va Sug‘urta modullari integratsiya qilinadi
- bankning ichki bizneslar kesimida KPI ko‘rsatkichlari raqamlashtiriladi
Natijada — shaffof, tezkor va samarali boshqaruv tizimi yaratildi!


















