
“Mikrokreditbank” ATB Sertifikatlash markazi tizimi modernizatsiya qilinib, uning funksional imkoniyatlari kengaytirilgani hamda xavfsizlik darajasi yanada oshirilganini ma’lum qilamiz.
Shu munosabat bilan internet-banking va mobil-banking tizimlarida foydalanilayotgan elektron raqamli imzo (ERI) kalitlari va sertifikatlarini yangilash zarurati yuzaga keldi.
2026-yil 12-martga qadar bankdan ERI kalitlarini olgan mijozlardan o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bank filialiga murojaat qilib, sertifikatlarini 2026-yil 1-noyabrga qadar yangilashlarini so‘raymiz.
Belgilangan muddatda sertifikatlar yangilanmagan taqdirda, internet-banking va mobil-banking tizimlariga kirish imkoniyati cheklanishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
















