Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Murojaatchining vajlari asosli emas!

249
Yangilash: 24 Noyabr 2023, 10:02
Image

“You tube” platformasidagi “Adolat bormi” kanalida fuqaro Sh.Kadir-Axunovning mulki taqiqqa tushib qolgani va unga ajratilgan kredit berilmayotgani xususidagi murojaati eʼlon qilingan. 

Mazkur holat oʻrganilganda, “Mikrokreditbank” ATB Andijon viloyat mintaqaviy filiali Amaliyot boʻlimi tomonidan fuqaro Sh.Kadir-Axunovga 2017 yil 12-fevralda 569-sonli kredit shartnomasiga asosan 150 mln.soʻm miqdorida kredit mablagʻi ajratilgan. 

Ushbu kredit mablagʻining taʼminoti sifatida fuqaro Sh.Kadir-Axunovga tegishli boʻlgan Andijon shahar Bogʻishamol avtomobil bozori hududida joylashgan yer maydonidagi oshxona binosi biriktirilmagan holda garovga qoʻyilgan. 

Mijoz tomonidan ajratilgan kredit mablagʻining toʻlovlari vaqtida toʻlanmaganligi bois, bank tomonidan sudga murojaat qilingan. Sud tomonidan bank daʼvosi qanoatlantirilgan. Shunga qaramasdan  Sh.Kadir-Axunov kredit toʻlovlarini vaqtida toʻlamasdan, garovga qoʻyilgan mulklarning ijrosiga har xil vajlar bilan qarshilik qilib, majburiy ijro harakatlariga toʻskinlik qilib kelgan. 

Shuningdek, garovga qoʻyilgan mulkning ijro harakatlarining oldini olish uchun ushbu mablagʻni toʻlash imkoniyati yoʻqligini sabab qilib, hokimiyat idoralariga murojaat qilgan. 

Shundan soʻng Andijon viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov tashabbusi bilan homiylar hisobidan 2021-yilning 14-iyun kuni fuqaro Sh.Kadir-Axunovning bank oldidagi qarzdorligi toʻliq qoplab berilgan. 

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining Andijon viloyatidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvida fuqaro Sh.Kadir-Axunov trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida murojaat qilgan. Natijada ushbu vazirlik bilan qarz oluvchi – “Shayxullo Shamsinur Shodiyona” MCHJ (rahbari Sh.Kadir-Axunovning qizi Sh.Qodiroxunova) oʻrtasida 2022-yil 14-fevral kuni tuzilgan raqamsiz shartnomaga asosan, qarz oluvchiga trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha foizsiz, 84 oy muddatga 1 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan. 

Mazkur ajratilgan mablagʻ shartnomaning 4.2-bandi “v” kichik bandida “Shayxullo Shamsinur Shodiyona” MCHJ rahbariga tegishli, Andijon shahar Bogʻishamol avtomobil bozori hududida joylashgan, oshxona binosiga nisbatan taqiq qoʻyish, taqiqni kredit shartnomasiga asosan olingan kredit toʻlovlari toʻliq qaytarilgandan soʻng bekor qilish koʻrsatib oʻtilgan.  

Hozirgi kunda fuqaro Sh.Kadir-Axunovning qiziga tegishli boʻlgan “Shayxullo Shamsinur Shodiyona” MCHJning Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oldida bajarilishi kerak boʻlgan ayrim majburiyatlari mavjud. 

Bundan tashqari, fuqaro Sh.Kadir-Axunov farzandi Shunqorboy Kadir-Axunov nomiga “Shunkorboy 11” oilaviy korxonasini tashkil etib, ushbu korxonaga muzlatgich omborini tashkil qilish uchun bankdan 1 mlrd.soʻm miqdorida kredit mablagʻi ajratishni soʻragan. Arizada oilaviy korxona faoliyatini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi taqiqida turgan bino inshootida (oshxona binosi) yuritishini koʻrsatib oʻtgan. 

Shunga koʻra, 2023-yil 8-sentabrda “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida garov taʼminoti sifatida olingan, oshxona uchun moʻljallangan 3 qavatli bino-inshootida muzlatgichli omborxona tashkil etilishiga qarshi yoki qarshi emasligi toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etilishida amaliy yordam berish haqida murojaat qilingan.
 
Bosh bankning 2023-yil 19-sentabrdagi xatiga asosan “Shunkorboy 11” OKga muzlatkichli ombor qurish maqsadida 1 mlrd.soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida garov taʼminoti sifatida olingan fuqaro Sh.Kadir-Axunov tegishli oshxona binosi oʻrnida muzlatkichli omborxona qurishga ruxsat berilmasligi koʻrsatilgan. 

Shunga asosan, fuqaro Sh.Kadir-Axunovga tegishli oshxona binosi oʻrnida muzlatkichli omborxona tashkil etish haqidagi murojaati filial tomonidan qanoatlantirilmagan. 

Bundan tashqari, fuqaro Sh.Kadir-Axunovning turmush oʻrtogʻi Nasibaxon Kadir-Axunova nomiga tikuvchilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 2021-yilning 19-oktabrdagi 155-sonli kredit shartnomasiga asosan Mikrokreditbank tomonidan 36 oy muddatga 30 mln.soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻi ajratilgan. 
Biroq bank tomonidan bir necha bor ogʻzaki va yozma ogohlantirishlarga qaramasdan ushbu fuqaroning bugungi kun holatiga koʻra, bank oldida jami 33,6 mln. soʻm qarzdorligi mavjud. Hattoki ushbu qarzdorlikni undirish maqsadida sud tomonidan 2023-yil 17-fevral kuni qabul qilingan 2-1701-2304/3186-sonli qarori ijrosi ham hozirgacha taʼminlanmangan.  

Koʻrinib turibdiki, murojaatchining vajlari asosli emas. Qolaversa, Sh.Kadir-Axunov oilasiga tegishli korxonalar, oila aʼzolari bank oldidagi majburiyatlarini bajarmasdan kelishmoqda.   

Bank Axborot xizmati




Yana ko‘ring

17 Fevral 2026

MKBANK — Marketing Forumining markazida!

MKBANK — nafaqat xizmat ko‘rsatadi, balki bozor standartlarini belgilaydi.
16 Fevral 2026

“Ilmli ayol: barqaror jamiyat sari”

Davra suhbatida shuningdek, oila farovonligi va jamiyat rivojida ayollarning o‘rni va ishtiroki muhokama qilindi.

12 Fevral 2026

MKBANK rahbariyati qoraqalpog'istonlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Muloqotda 50ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X