Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11740
Sotish
11880
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11740
11880
11778.52
EUR
13000
14000
13733.75
RUB
143
138.96
GBP
15600
16600
16057.66
CHF
14200
15200
14671.8
JPY
50
100
73.96
Kurs 26.08.2026 11:30:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Navbatdagi brifingda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi

260
Yangilash: 21 May 2025, 17:32
Image
Navbatdagi brifingda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi

Joriy yilning 13-may kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkazilmoqda.

Bugun mamlakatimizda aholi turmush darajasini oshirish va kambagʻallikni kamaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Bu borada Prezidentimizning 2024-yil 16-dekabrdagi videoselektor yigʻilishida banklar oldiga bir qator vazifalar qoʻyildi. Ushbu topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida Mikrokreditbank tomonidan maxsus chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.

Birinchi yoʻnalish – mahallabay ishlash tizimi

Bank tarkibida maxsus departament, hududlarda “mahalla sektori” tashkil etildi. 1 121 ta mahallaga 332 nafar “mahalla bankiri” va har bir mahallada yordamchi agent biriktirildi. Ular orqali aholi ehtiyojlarini oʻrganish va maqsadli moliyaviy xizmatlarni yetkazish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Ikkinchi yoʻnalish – kreditlash orqali faol qoʻllab-quvvatlash

Joriy yilning oʻtgan 4 oyida bank tomonidan jami 3,6 trln soʻm kredit ajratildi. Buning 1,8 trln soʻmi bevosita mahallalardagi aholi va tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazildi. “Oilaviy tadbirkorlik”, “Biznesga birinchi qadam”, “Mahalla loyihasi” kabi dasturlar bu jarayonning asosiy tayanchiga aylandi.

Uchinchi muhim yoʻnalish – ish oʻrinlari yaratish borasida yanvar–aprel oylarida bank koʻmagida qariyb 122 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi, shundan 76 ming nafari tadbirkorlikka jalb etildi. Xususan, 18 mingdan ortiq mikroloyiha amalga oshirilib, 38 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi.

Toʻrtinchi yoʻnalish – Bank mijozlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar

Hisobot davrida bank mijozi boʻlgan 17 ming nafar tadbirkorlar bilan 1 100 marotaba uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuvlarda koʻtarilgan murojaatlarning 5 mingdan ortigʻi ijobiy hal qilinishi natijasida 6 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi.

Beshinchi yoʻnalish – ijtimoiy tashabbuslar

Buxoro viloyatida kambagʻal oilalarga 900 mln soʻmga yaqin homiylik mablagʻlari hisobidan xonadonlarni taʼmirlash, chorva mollari, qoʻy va parrandalar, tomorqasida ekin ekishi uchun urugʻ va agrotexnikaga, tikuv mashinasi, issiqxona, maktab hududida sport maydonchasi (vork aut,) goʻzallik salonlari tashkil etildi. Bundan tashqari, 53 ta mahalladagi 380 ta kambagʻal oilaga 10 ming dona mevali koʻchatlar tarqatildi.

Oltinchi yoʻnalish – turizmni rivojlantirish

Yaqinda foydalanishga topshirilgan Xorazm viloyati Xiva shahridagi “Arda Xiva” turistik majmualarida bank tomonidan mehmonxona, savdo majmualari barpo etildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun tanlov asosida pudratchi korxonalar jalb etilib, 185  mlrd soʻm investitsiya kirtildi.

Bugungi kunda “Arda Xiva” loyihasida qurilish ishlari yakuniga yetkazilib,  foydalanishga topshirildi, natijada 300 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Shuningdek, Prezidentimizning 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-410-sonli qaroriga asosan, Xiva shahridagi “Toʻrt Shovvoz” madaniy meros obyektiga tutash 6,2 gektar yer maydonida Hunarmandlar markazini barpo etish belgilangan. Mazkur loyihani moliyalashtirish maqsadida “MKB Kasana Invest Group” MCHJ ustav kapitaliga yana 435 mlrd soʻm investitsiya kiritish belgilangan.

Keyingi yoʻnalish – namunaviy loyihalar doirasida aholiga ijaraga berilgan 1 741 gektar yerda “Bir kontur – bir mahsulot” asosida dehqonchilik uchun 159 ta loyihaga 2,2 mlrd soʻm imtiyozli kreditlar orqali yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirilmoqda. Shuningdek, “Super loyiha”lar doirasida “yetishtirish – qayta ishlash – sotish” zanjiri yaratiladi.

Albatta, ushbu loyihalar natijasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi ortib, aholi daromadi yaxshilanishi kutilmoqda.

Xulosa sifatida taʼkidlash lozimki, Mikrokreditbank tomonidan yoʻlga qoʻyilayotgan mazkur ishlar aholini faol iqtisodiy hayotga jalb etish, daromad manbalarini kengaytirish, bandligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

24 Avgust 2026

MKB Premium Plus — biznes uchun qulayliklar bir paketda

Yuridik shaxlar uchun hisobvaraqlarni ochish va yopish — bepul
24 Avgust 2026

MKBANK xodimi nufuzli musobaqada 4-o‘rinni egalladi!

Mazkur musobaqada barcha vazirlik va idoralarning 120 nafardan ortiq xodimlari FIDE qoidalari asosida bahslashdi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X