
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatining Olmaliq va Chirchiq shaharlarida aholiga yanada qulay xizmat ko‘rsatish uchun maxsus kassalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur tashabbus aholining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, naqdsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish hamda moliyaviy xizmatlarning ommabopligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Jumladan, maxsus kassalar quyidagi manzillarda tashkil etildi:
- Olmaliq shahri — Abdulla Avloniy MFY, Turkiston ko‘chasi (Ohangaron BXOga qarashli savdo do‘koni hududida);
- Chirchiq shahri — Manaviyat ko‘chasi, 3-“A” uy (G‘azalkent BXOga qarashli savdo do‘koni hududida).
Yangi tashkil etilgan kassalar orqali fuqarolar bank xizmatlaridan o‘zlariga qulay hududlarda foydalanishlari, to‘lov va boshqa moliyaviy amaliyotlarni tezkor amalga oshirishlari mumkin.
Mikrokreditbank tomonidan aholiga zamonaviy va qulay moliyaviy xizmatlarni taqdim etish, hududlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

















