Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Parkentlik tadbirkor ayollar faoliyatiga nazar

219
Yangilash: 19 Sentyabr 2024, 17:10
Image
Parkentlik tadbirkor ayollar faoliyatiga nazar

Yurtimizda odamlarning turmush tarzi, farovonligini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga keng yoʻl ochish borasida berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar chekka hududlarda istiqomat qilayotgan oilalargacha kirib boryaptimi? Bu borada Mikrokreditbankning roli nimada? Mavzuni Toshkent viloyati Parkent tumani misolida davom ettiramiz...

35.png

Tumandagi Samarobod mahallasida istiqomat qiluvchi Maxfuza Barotovaning asli kasbi tarbiyachi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlagan. Keyinchalik u faoliyat olib borgan bolalar bogʻchasi taʼmirlanishi ortidan ish faoliyati toʻxtatiladi va Maxfuza opa ham ishsiz qoladi. Uzoq yillik mehnatlar natijasi, bolajonlarga boʻlgan mehri, oʻz kasbiga sadoqati Maxfuza opada yangi gʻoyalar, yangi tashabbuslar yaratishga turtki boʻladi. Asosiysi, u ishsiz qolgani uchun tushkunlikka tushmadi, aksincha, oʻz uyida bolalar bogʻchasi tashkil qilish rejasini tuzadi. Sohada uzoq yillik tajribadan olingan bilimlar tufayli ishlari son kechadi. Maxfuza opa dastlab oʻzi yashab turgan xonadonida uy bogʻchasi tashkil qiladi. 

1 (45).png

“Mahallada meni yaxshi bilishar edi, ota-onalar menga ishonardi. Shu boismi, uy bogʻchamizga talab oshdi. Dastlab 25 nafar bolajonni qabul qildik. Keyin oʻgʻillarim yordamida yangidan uy-bogʻchasi uchun moʻljallangan bino qurib, 75 oʻrinli bolalar bogʻchasi tashkil etdik. Albatta, bunday natijalar oʻz-oʻzidan boʻlmadi. Avvalo, Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarga boʻlgan eʼtibor, shu bilan birga “Mikrokreditbank” ATB tomonidan imtiyozli kreditlarning ajratilishi faoliyatimizni yanada kengaytirishda turtki boʻldi. Dastlab 33 million soʻm miqdorda imtiyozli kredit olib, xonalarni jihozladik. Kreditlarimizni oʻz vaqtida soʻndirganimizdan soʻng yana 100 million soʻm miqdorda kredit olib qoʻshimcha jihozlar xarid qildik. Bugungi kunda bogʻchamiz toʻliq quvvatda faoliyat olib bormoqda. Oylik daromadimiz 20 million soʻmga yaqinni tashkil etadi. Kredit toʻlovlari, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar, oylik maoshlari va bogʻcha uchun xarajatlardan tashqari oladigan sof foydamiz bu. Maxfuza opaning kelgusidagi rejalari ham katta. Ayni paytda bolalar bogʻchasini yanada kengaytirish uchun qoʻshimcha bino qurish ishlari olib borilmoqda. “Yil yakuniga qadar oʻrinlar sonini 100 nafarga yetkazmoqchimiz”, - deydi u biz bilan suhbatda.  

Parkent tumanidagi Boʻston mahallasida moʻjazgina bir manzil bor. Bu yerda mazali oʻzbek va qozoq milliy taomlari tayyorlanadi. Umumiy ovqatlanish shoxobchasini Yulduz Qayumova boshqaradi. Bu yerning oʻziga xosligi uning tabiatida. Ovqatlanish uchun keluvchi mijozlarga maxsus oʻtovlar hozirlangan. 

4 (31).png

- Aynan mana shu oʻtovlar “Mikrokreditbank” ATBning imtiyozli kreditlari evaziga xarid qilingan, - deya suhbatni boshladi Yulduz opa. - Dastlab faoliyatimni uyda pishiriqlar pishirib, doʻkonlarga yetkazib berishdan boshlaganman. Yoshligimdanoq “pishir-tushir”ga ishtiyoqim yuqori boʻlgani bois, men tayyorlagan taomlar va shirinliklarning doimo xaridori boʻlardi. Bir marta xarid qilishdimi, albatta, yana buyurtma berishardi. Qoʻlim shirin-da (kuladi). Keyinchalik turmush oʻrtogʻimning yordami bilan kichkina doʻkonimizni tashkil qildik. Mana, hozir bir kunda 100-150 nafar mijozga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan ovqatlanish shoxobchasiga egamiz. Oʻzim bosh oshpazman, shu bilan birga rahbari ham oʻzim. Faoliyatimizni kengaytirishda bank xodimlarining hissasi katta. Doimo xabar olishadi, “Opa, muammolar yoʻqmi?” deb soʻrab turishadi. Endilikda faoliyat turimizni kengaytirish niyatidamiz. Masalan, hozir, mijozlar uchun taklif etiladigan qimiz, qurut, qazi kabi mahsulotlarni xarid qilamiz. Chorvachilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali ana shu mahsulotlarni oʻzimiz yetishtirishni maqsad qilganmiz. Bu borada yana MKBANK xizmatlaridan foydalanishni rejalashtiryapmiz”. 

2 (43).png

Bugun tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan xotin-qizlar, biznesga birinchi qadam qoʻyganlar, yoki faoliyatini kengaytirish istagida boʻlgan opa-singillarimiz uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli. Faqatgina xoxish, iroda, qatʼiyat boʻlsa, kifoya. Oʻz biznesini rivojlantirish orqali oilasiga daromad keltirib, farovonligini taʼminlashga hissa qoʻsha oladi. Molyaviy jihatdan erkin va mustaqil boʻlish shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kun ayoli uchun muhim. 

3 (42).png

Xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga koʻtarish, joylarda, ayniqsa, chekka hududlarda tadbirkor ayollar safini kengaytirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar, qoʻshimcha imkoniyatlar yaratib berish maqsadida “Mikrokreditbank” ATB tomonidan tegishli dasturlar asosida yil yakuniga qadar  2 trillion 207 milliard soʻm miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilishi koʻzda tutilgan. Ushbu kredit mablagʻlari ishsiz va tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan 27 ming nafarga yaqin xotin-qizning loyihalari uchun yoʻnaltiriladi. “Mikrokreditbank” ATB tomonidan tashabbuskor xotin-qizlarning gʻoyalari doimo qoʻllab-quvvatlanadi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

6 Mart 2026

MKBANKda bayram shukuhi

Bayram muborak bo’lsin! 
6 Mart 2026

Bayram kunlaridagi ish tartibi!

7, 8 va 9-mart kunlari ishlaydigan navbatchi shoxobchalar ro'yxati
2 Mart 2026

MKBANK tizimida texnik ishlar olib borilmoqda!

3-mart soat 00:00dan 08:00ga qadar masofaviy xizmatlarda uzilishlar bo'ladi

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X