Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11935
Sotish
12050
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11935
12050
11990.54
EUR
12800
13200
13136.84
RUB
155
146.24
GBP
15500
16500
15694.42
CHF
14000
15000
14293.17
JPY
50
100
75.31
Kurs 25.11.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti: Qadimiy shahar xalqaro ahamiyatga ega uchinchi yirik tadbirga mezbonlik qilmoqda

546
Yangilash: 10 Noyabr 2022, 16:50
Image
Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti: Qadimiy shahar xalqaro ahamiyatga ega uchinchi yirik tadbirga mezbonlik qilmoqda

Xabaringiz bor, Samarqand shahrida 10-11 noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti oʼtkaziladi.

Unda Turkiy davlatlar tashkiloti iqtisodiyot va savdo vazirlarining 11-yigʼilishida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida, Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamgʼarmasini taʼsis etish boʼyicha Bitimni imzolandi.

Shuningdek, kunning birinchi yarmida Prezidentimiz Sammit doirasidagi birinchi uchrashuvni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan oʼtkazdi. Uchrashuvda iqtisodiy sohadagi amaliy hamkorlik – qoʼshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy mexanizmlar va qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Kunning ikkinchi yarmida davlat rahbarining Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʼan, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Аlievlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlari boʼlib oʼtadi. 

Shu bilan birga ertaga, 11 noyabr kuni Prezidentimizning Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Bugun kechki vaqt Delegatsiya rahbarlari Samarqand turizm markazi hududidagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyuradi. Turkiy davlatlar tashkiloti aʼzo mamlakatlari milliy folklor sanʼatini oʼzida ifoda etgan kontsert dasturi tashkil etiladi. 

Samarqand sammitining asosiy tadbiri – Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisi ertaga, 11 noyabr kuni Kongress markazda boʼlib oʼtadi. 

Taʼkidlab oʼtish lozim mazkur Sammit Tashkilotning aʼzo davlatlar rahbarlari tomonidan Prezidentimizning tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlagan holda “Turkiy sivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari” shiori ostida oʼtkazilmoqda.

Sammit kun tartibidan iqtisodiyot, savdo, investitsiyalar, transport, innovatsiyalar, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oʼzaro manfaatli va koʼp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, Tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari oʼrin olgan. 

Sammit doirasida 10 dan ortiq hujjat imzolanishi rejalashtirilgan. Xususan, uning asosiy hujjati – Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish kutilmoqda. Unda mintaqaviy barqarorlik, xavfsizlik va barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, transport aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, madaniy muloqotni chuqurlashtirish boʼyicha qoʼshma yondashuvlar belgilab berilgan.

Sammit yakunida Tashkilotga raislik bir yil muddatga Turkiyadan Oʼzbekistonga oʼtadi.

Eslatib oʼtamiz, hozirga qadar tadbirda ishtirok etish uchun Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Аliyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʼan, Qozogʼiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirgʼiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovlar Samarqand shahriga yetib keldi. Shuningdek, ertaga, 11 noyabr kuni tongda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovlarning tashriflari kutilyapti. 

Shuningdek, sammitda Tashkilot Bosh kotibi Bogʼdod Аmreev, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi Sultanbay Raev, Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TURKPА) bosh kotibi Mexmet Sureyya Er, Xalqaro turkiy akademiya prezidenti vazifasini bajaruvchi Fuzuli Medjidli, Turkiy meros va madaniyat fondi prezidenti Gyunay Efendievalar Samarqand shahriga kelishdi.

Maʼlumot uchun, 2009-yil 3-oktabrda «Naxchivon shartnomasi» nomi bilan tarixga kirgan bitimga muvofiq, Turkiy davlatlar tashkiloti tuzildi. Unga Oʼzbekiston bilan bir qatorda, Ozarbayjon, Turkiya, Qirgʼiziston hamda Qozogʼiston aʼzo boʼlib, Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.

Bank axborort xizmati
 




Yana ko‘ring

24 Noyabr 2026

Parrandachilikni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida

Bundan tashqari, bugungi kunda bankimiz tomonidan ushbu sohadagi bir nechta yirik loyihalarni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.
23 Noyabr 2026

Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!

Jim turish – bu illatga ijozat berishdir.

20 Noyabr 2026

Dam olish kunlarida ham MKBANK siz bilan birga!

Bu taklif mizojlarimizga dam olish kunlari ham bank xizmatlaridan bemalol foydalanish imkonini beradi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X