“Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Mamadjanov Sirdaryo viloyatidagi tadbirkorlarning faoliyati bilan joylarga chiqqan holda tanishdi.

2 (219).png3 (217).png

Xususan, bugun bank mijozlari — “Guliston Inter Futbol” korxonasining aholiga jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish loyihasi hamda “BIG BAG SALE” korxonasining sifatli qop mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi.

6 (158).png

Ma’lumot uchun, ushbu ikki loyiha ham bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirilgan bo‘lib, mazkur mablag‘lar hisobidan “Guliston Inter Futbol” korxonasi Xitoydan 52 dona “Yutong” avtobuslarini, “BIG BAG SALE” MCHJ esa zamonaviy texnologiyalar asosida qop mahsulotlarini konvertlash uskunalarini xarid qildi.

7 (125).png

Bank Axborot xizmati