Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11990
Sotish
12100
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11990
12100
12044.72
EUR
12700
13700
13525.02
RUB
150
145.46
GBP
15100
16100
16062.84
CHF
13800
14800
14599.66
JPY
50
100
76.12
Kurs 20.10.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Transformatsiya jarayonlari muhokama qilindi

2515
Yangilash: 13 Dekabr 2023, 17:04
Image
Transformatsiya jarayonlari muhokama qilindi

Bugun “Milliy matbuot markazi”da "Mikrokreditbank" ATB tomonidan olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari" mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. 

Ushbu tadbirni “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari A.Xamidov ochib, bank tomonidan olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi. 

Ma’lumki, yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda Mikrokreditbank oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. 

Shu maqsadda xalqaro “PriceWaterhouseCoopers” (PWS) konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda “Mikrokreditbank”ning 2022-2025-yillarda rivojlantirish strategiyasi” va transformatsiya “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq 6 ta ustuvor yoʻnalishdagi 33 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 

Mijozlar uchun qulay va tezkor xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida bank filiallarini ixcham bank xizmatlari markazlari va ofislariga aylantirish ishlari olib borildi. Hozirda hududlarda bankning 136 ta xizmat koʻrsatish markazlari va ofislari hamda 437 ta 24/7 shoxobchalari orqali aholiga uzluksiz bank xizmatlari koʻrsatilmoqda.  

2023-yil 1-dekabr holatiga 1 mln. 470 ming ta jismoniy shaxsga va 251 ming 532 ta yuridik shaxsga, yaʼni jami 1 mln. 722 ming nafar mijozga xizmat koʻrsatilmoqda. 

Oʻtgan davrda 8 ta loyiha “BIG4” xalqaro konsalting kompaniyalari bilan amalga oshirildi. 

Jumladan, joriy yil yakuniga qadar “Ernst & Young” kompaniyasi bilan risk menejment tizimini takomillashtirish ishlari yakuniga yetkaziladi. 

Shuningdek, “Deloitte & Touche” kompaniyasi bilan Tavakkalchilikka asoslangan ichki audit, Korrupsiyaga qarshi nazorat, Ichki nazorat va sanksiyaviy komplaens tizimlarini takomillashtirish ishlarini tugatish maqsad qilingan. 

Bankda KPI tizimi joriy qilinib, Bosh ofis va filial xodimlarini individual koʻrsatkichlar asosida ragʻbatlantirish amalga oshirilmoqda.

6 (13).png

Joriy yilning aprel oyida mijozlarga yangi zamonaviy va raqobatbardosh MAVRID mobil ilovasi taqdim etildi. Ilova orqali 36 tadan ortiq onlayn xizmatlardan foydalanish mumkin boʻlib, bugungi kunda 418 mingdan ziyod mijozlar undan foydalanmoqda.

Bank Call – markazi zamonaviy dastur bilan taʼminlandi. Soft collection kreditlarni undiruv tizimi yoʻlga qoʻyildi, kredit qarzdorliklarni undirish boʻyicha avtomat chiquvchi qoʻngʻiroqlar amalga oshirish IVR dasturi joriy qilindi.

CRM, Skoring, BPM tizimlari amaliyotga tatbiq qilindi.

Bankda anderrayting tizimi joriy qilinib, jismoniy shaxslarga barcha kreditlar skoring tizimi orqali ajratilmoqda. Yuridik shaxslar uchun 24 turdagi modulli kreditlar joriy qilindi.

Bankning ixtiyoriy Xizmat koʻrsatish markazlaridan turib oʻz hisob raqamlarini erkin tasarruf etish  kabi qator qulayliklar yaratish maqsadida bank boʻlinmalari “Yagona MFO” tizimiga oʻtkazildi.

Tadbirda 2024-yilda bank tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar haqida ham atroflicha maʼlumotlar berildi. 

4 (31).png

Jumladan, yangi joriy qilingan mobil ilovaning imkoniyatlarini kengaytirish, KPI tizimini avtomatlashtirish, mijozlar ehtiyojlari va shikoyatlarini onlayn tarzda toʻplash, tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish uchun situatsion markaz tashkil qilish, kredit konveyerini yuridik shaxslar uchun toʻliq joriy qilish boʻyicha gapirib oʻtildi. 

Matbuot anjumani davomida “Mikrokreditbank” ATB masʼul xodimlari jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi. 

Bank Axborot xizmati 



Yana ko‘ring

19 Oktyabr 2026

MKBANK “Oydin gurunglar – 2026” xalqaro forumida!

“Oydin gurunglar – 2026” xalqaro ijodiy forumi 22–25-oktabr kunlari Xiva shahrida davom etadi
19 Oktyabr 2026

Firibgarlar faol bo‘lishi mumkin — ehtiyot bo‘ling!

Ma’lumotlaringizni himoya qiling va hushyor bo‘ling.
19 Oktyabr 2026

Mijozlar bilan ochiq muloqot:MKBANK aloqa kanallari orqali kelib tushgan murojaatlarni tahlil qildi

2026-yilning o'tgan  9 oyi yakunlari boʻyicha kelib tushgan murojaatlar va ularni koʻrib chiqish natijalari

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X