Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11800
Sotish
11875
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11800
11875
11820.4
EUR
13000
14000
13684.48
RUB
140
139.05
GBP
15600
16600
15990.64
CHF
14200
15200
14549.98
JPY
50
100
74.02
Kurs 19.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Xorazmda “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida seminar oʻtkazildi

71
Yangilash: 12 Fevral 2026, 18:08
Image
Xorazmda “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida seminar oʻtkazildi

Zamonaviy davlat boshqaruvi va biznesda eng muhim tamoyillardan biri bu — halollik, shaffoflik va javobgarlikdir. Bugungi kunda korrupsiya faqat jinoyat emas, balki jamiyat taraqqiyotiga qarshi yoʻnaltirilgan tahdid sifatida baholanmoqda.

Hurmatli prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati oʻzining turli koʻrinishlari bilan taraqqiyotimizga gʻov boʻlmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib boʻlmaydi, umuman jamiyatning birorta tarmogʻi rivojlanmaydi”. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlat emas, har bir tashkilot va fuqaroning ham masʻuliyatli ishi boʻlishi kerak. 

Group 2131329220.png

Bu borada Mikrokreditbank ATBda ham muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Xorazm viloyat hududiy boshqarmasida tashkil etilgan “Koruppsiyasiz bank” shiori ostidagi yigʻilish ham bunga misol bo‘la oladi.

Unda Xorazm viloyat Urganch shahar Prokuraturasi 3-darajali yuristi, tezkor vakil M.Masharipov, Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi, podpolkovnik A.Xudayberganov, viloyat IIB Kiberxavfsizlik boshqarmasi katta mutaxassis X.Sotimov hamda Bank rahbariyati va xodimlar ishtirok etishdi. Shuningdek, mahalla bankirlari, mahalla agentlari va BXO hamda BXM xodimlari esa ZOOM orqali qatnashishdi.  

Group 2131329221.png

Tadbirda bankda korrupsiyaga qarshi qurashish va korrupsiyaning oqibatlari, bank xodimlari orasida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, tizimdagi korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bu kabi holatlarni barvaqt aniqlash hamda oldini olish boʻyicha hayotiy misollar bilan tushuntirishlar berildi. 

Group 2131329223.png

Shuningdek, yig‘ilishda plastik kartalardan toʻgʻri foydalanish va firibgarlik qurboni boʻlib qolmasliklari yuzasidan aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda Bank faoliyatida axborot xavfsizligi siyosati va kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish darajasini oshirish borasida ham maʻlumotlar taqdim etildi.

Yigʻilish soʻngida bank xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, juda foydali va qiziqarli maʻlumotlarga ega boʻlishganini qayd etishdi.

Har birimiz jamiyatda halollik va adolat tamoyillarining ustuvor boʻlishiga masʻulmiz. Korrupsiyani faqat qonun bilan emas, ong, madaniyat va birgalikdagi harakatlar bilan yengish tarafdorimiz.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

18 Avgust 2026

MKBANK rahbariyati “Dolzarb 40 kunlik” doirasida mahallalarni o‘rgandi

Aniqlangan masalalarni hal etishda bankning hududiy bo‘linmalari hamda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

18 Avgust 2026

“MUSTAQILLIK VA MEN” — RASMLAR TANLOVIGA MARHAMAT!

Tanlovda 6–11 yoshdagi bank xodimlarining farzandlari ishtirok etishi mumkin.

17 Avgust 2026

MKBANK va FOTON strategik hamkorlik va boʻlib toʻlash shartlari!

Imtiyozli shartlari 0% bo’lib to’lash asosida rasmiylashtirishlari mumkin

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X