
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 5-maydagi “Raqamli Oʼzbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalaga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosi doirasida Mikrokreditbank tomonidan raqamlashgan zamonaviy bank biznesi va xizmatlari joriy qilish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, mijozlarga sifatli va zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish maqsadida, xorijiy konsalting kompaniyasi “PricewaterhousCoopers“ bilan hamkorlikda bank strategiya ishlab chiqildi. Unda bankning texnologik infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda bank operatsiyalarini markazlashgan holda amalga oshirish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bunda bankning barcha biznes jarayonlari va xizmatlari mijozlar manfaatiga yo‘naltirilgan bo‘lishi asosiy maqsad qilingan. Shu asosda joriy qilingan yagona MFO texnologiyasi bir vaqtning o‘zida mijoz va bank uchun qator afzalliklarga egaligi bilan ahamiyatlidir.
Аyni paytda Mikrokreditbank tasarrufidagi 20 ta Bank xizmatlari ofisi, 119 ta Bank xizmatlari markazlari yagona MFOga oʼtish jarayonlarini muvaffaqiyatli yakuniga yetkazildi.
Bunda, Markaziy bank tomonidan har bir BXM, BXO lar uchun berilgan lokal kodlari evaziga bankning bank markazlari soni jami 139 taga ajratilib, har bir BXM (BXO)lar daromad xarajatlari aloxida balans ko‘rinishga keltirildi.
Operatsion xarajatlarni kamaytirish nuqtai nazaridan “Mikrokrkeditbank” АTB tizimida zararda ishlayotgan BXM (BXO) lar faoliyatini tugatishda ortiqcha xarajatlarsiz amalga oshirish imkoniyati ham yaratilgan.
Bundan tashqari masofadan xizmat koʼrsatish tizimi orqali mijoz bankning istalgan bo‘limidan ochilgan o‘z hisobraqamlarini erkin tasarruf qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi, mijoz bankning bir bo‘limidan istalgan boshqa bo‘limiga o‘tganida uning hisobraqamlari o‘zgarmaydi, faqat mijoz o‘tgan hudud xodimlariga uning hisobraqamlari bilan ishlash vakolati beriladi.
Shuningdek, mijoz bankning bir hududdagi shohobchasida boshlagan jarayonni (masalan, kredit olishda) ushbu bankning istalgan boshqa hududdagi bo‘limlarida davom etirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mijozlar tomonidan bozor talabidan kelib chiqib mijozlarga qulay joylarda tezkorlik bilan savdo nuqtalari tashkil etish, manzilini oʼzgartirish va qayta tashkil etish imkoniyatini beradi hamda bank transformatsiyasigacha bo‘lgan samarasiz tarmoqlangan boshqaruv tizimidan yuqori samarali markazlashgan boshqaruv tizimiga o‘tkaziladi.
Bir soʼz bilan aytganda, bankda Yagona MFO texnologiyasining joriy qilinishi mijozlar uchun maksimal qulaylik yaratilishiga, xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Jo‘rabek Sagdullayev,
Buxgalteriya hisobi departamenti direktori.