Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Ayollar tadbirkorligi rag‘batlantirilmoqda

...
Yangilash: ...
Image
Ayollar tadbirkorligi rag‘batlantirilmoqda

Milliy matbuot markazida Respublika Markaziy banki tomonidan «Xotin-qizlar tadbirkorligini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, oilaviy biznesni rivojlantirish va bandlikni ta'minlash masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi, tijorat banklari hamda “Tadbirkor ayol” O'zbekiston Ishbilarmon Ayollar uyushmasi vakillari ham ishtirok etdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularga yaqindan amaliy yordam ko'rsatish va tadbirkorlikka keng jalb etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hukumat singari Markaziy bankning ham diqqat markazida bo'lib kelmoqda.

Natijada so'nggi yillarda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o'rni, tadbirkor ayollarning iqtisodiy jarayonlardagi faolligi tobora oshib bormoqda. Tadbirda ularning o'z salohiyatini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar, qulaylik va shart-sharoitlar yaratilayotgani, ayniqsa, qishloq hududlarida xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali ularni ish bilan ta'minlash masalasida banklarning hissasi katta bo'layotgani alohida ta'kidlandi.

Davlatimiz rahbarining «O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmoni bilan xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, bank xizmatlaridan yanada kengroq foydalanishlari, ayniqsa tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagida bo'lgan ayollarning banklardan mikrokreditlar olishlariga etarli zamin yaratdi.

Mazkur farmon ijrosini ta'minlash maqsadida Markaziy bank va O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi hamkorlikda kompleks chora-tadbirlar - xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ayollar tadbirkorligining barcha shakllarini rivojlantirish, ularni har tomonlama moliyaviy qo'llab-quvvatlash, huquqiy-iqtisodiy bilimlarini oshirish, ayollar rahbarligidagi korxonalarga investitsiyalar jalb etish, xorijiy tajribalar bilan tanishish hamda tijorat banklarining imtiyozli kredit mablag'lari evaziga tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasida katta ishlar amalga oshirildi.

O'tgan 10 yil davomida respublikamizda tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini kreditlash hajmi 30 barobardan ziyod o'sdi. Aniqrog'i, mazkur Farmon qabul qilingandan buyon tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga 2,6 trln. so'mdan ziyod kredit mablag'lari ajratildi. Ushbu raqam mamlakatimiz iqtisodiyoti mustahkam bo'lib, tijorat banklarining imkoniyat doirasi kengayib borishi bilan ayollarning turmush farovonligini oshirish masalasiga katta e'tibor qaratilayotganining tasdig'idir.

Bugungi kunda yuzlab mahallalar, turarjoy mavzuelarida yangi xizmat ko'rsatish shoxobchalari, non va konditerlik mahsulotlari tayyorlaydigan tsexlar, savdo do'konlari, bolalar maydonchalari, dam olish maskanlari, go'zallik salonlarining barpo etilishi tadbirkor ayollarning kreditlardan samarali foydalanishini isbotlab turibdi.

Bunda banklar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik biznes rejalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash bo'yicha tashabbuskor ayollar o'rtasida tanlovlar tashkil etish, ularga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish va yuritish masalalarida axborot va konsalьting xizmatlarining yo'lga qo'yilishi katta foyda bermoqda.

Joriy “Sog'lom bola yili”da aynan ayollar tadbirkorligi uchun tijorat banklari tomonidan 600 mlrd so'mdan ziyod kreditlar ajratilishi ko'zda tutilgan.

Banklar tomonidan ushbu dastur asosida banklari zamonaviy maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarishni oshirish hisobiga ayollarning uy-ro'zg'or ishlarini engillashtirish va ushbu texnikalarni xarid qilish, olis va borish qiyin bo'lgan qishloqlarda go'zallik salonlari, atelьe va maishiy texnika vositalarini ta'mirlaydigan namunaviy asosda maishiy xizmat ko'rsatish komplekslarini barpo etish kabi loyihalarni moliyalashtirish rejalashtirilgan.

Aytish o'rinliki, tijorat banklari ishchilarning 50 foizdan ortig'ini ayollar tashkil etgan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga imtiyozli kredit ajratib kelmoqda.

Shu bilan birga, ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida tijorat banklari chet ellik investorlar bilan ham hamkorlikni yo'lga qo'ygani qayd etildi.

Xususan, Xalq banki va Mikrokreditbank Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo'yicha Omonat kassalari jamg'armasi bilan hamkorlik o'rnatilgan. Hozirgi paytda jamg'arma mablag'lari evaziga mazkur banklarda Kichik tadbirkorlikni mikrokreditlash jamg'armasi shakllantirildi.

Jamg'arma mablag'lari qishloq joylarda ayollar tomonidan boshqarilayotgan, ularning mehnatidan foydalanilayotgan kichik korxonalarni rivojlantirish, qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlashni rag'batlantirish, kasanachilik va yangi ish o'rinlarini yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashga yo'naltirilmoqda.

Sanoat, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish sohalariga yo'naltirilayotgan kredit mablag'lari evaziga minglab ayollarning biznes g'oyalari ro'yobga chiqmoqda va eng asosiysi joylarda qanchadan-qancha xotin-qizlarga o'z ishini ochib, oilasi, el-yurtimiz uchun foyda keltirish, hayotdan o'z o'rnini topish imkonini bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki



Yana ko‘ring

26 Iyun 2025

Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

Joriy yilning 27-iyun kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkaziladi.
13 May 2025

SIRDARYODA BRIFING O‘TKAZILADI

Mikrokreditbank Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha brifing o‘tkaziladi.
13 May 2025

Navbatdagi brifing tashkil etilmoqda

Joriy yilning 13-may kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkazilmoqda.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X