Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11830
Sotish
11915
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11830
11915
11857.35
EUR
13000
14000
13746.23
RUB
140
139.32
GBP
15600
16600
16075.01
CHF
14200
15200
14640.51
JPY
50
100
74.46
Kurs 18.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Bank tizimi islohotlarini jadallashtirish hamda xizmatlar bozori hajmini oshirish mavzusida matbuot anjumani tashkil etiladi

770
Yangilash: 7 Avgust 2026, 17:18
Image
Bank tizimi islohotlarini jadallashtirish hamda xizmatlar bozori hajmini oshirish mavzusida matbuot anjumani tashkil etiladi

Ertaga, 7-avgust kuni Mikrokreditbank tomonidan Milliy matbuot markazida “Bank tizimi islohotlarini jadallashtirish hamda xizmatlar bozori hajmini oshirish” mavzusida navbatdagi matbuot anjumani oʻtkaziladi. 

Unda bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ikram Djumaniyazov, tegishli departament direktorlari hamda ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar ishtirok etadi. 

2025-yil yakunlariga koʻra, bank aktivlari 30,6 foizga oʻsib 30,7 trln.soʻmni, kredit portfeli 16,7 foizga koʻpayib 20,3 trln.soʻmni, kapital 60,6 foizga oshib 5,7 trln.soʻmni, depozitlar 24,4 foizga koʻpayib 9,7 trln.soʻmni tashkil etdi. Shuningdek, 263 mln. AQSH doll xorijiy kredit liniyalari jalb qilindi. 

2026-yilning 1-yarim yilligida jami 6,8 trln. soʻm bank kreditlari ajratildi. Jumladan, kichik va o'rta biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun 5,3 trln. so‘m, shundan:
kichik biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlash doirasida 303 mlrd. soʻm;
oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 1,1 trln. soʻm;
“biznesga birinchi qadam” doirasida 321,1 mlrd. soʻm;
“mening mahallam” dasturi doirasida 902,6 mlrd. soʻm;
investitsiya dasturi doirasida 2,8 trln. soʻm;
yirik loyihalarga (oboroti 100 mlrd. soʻmdan yuqori) 338,7 mlrd. soʻm ajratildi.

Natijada bank kreditlari hisobiga yarim yillikda 51 dan ortiq loyiha ishga tushirilib, 100 mingga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratildi. Shundan, 14 ming nafari doimiy ishga joylashtirildi va 86 ming nafarga yaqini tadbirkorlikka jalb qilindi. 

Mikrokreditbankka biriktirilgan mahallalarda mahalla bankiri va yordamchi agentlari tomonidan yanvar-iyun oyida 6,8 mingta plastik karta ochib berildi, 333 nafar aholidan 37,2 mlrd. soʻm omonat jalb etildi, 7 133 nafar aholiga 335,4 mlrd. soʻm kreditlar ajratilishiga koʻmaklashildi. 

Shuningdek, bank transformatsiya jarayonlari tufayli dunyoning yirik va nufuzli banklari, jumladan, AQSHning BNY Mellon, Turkiyaning Aktif Bank, Germaniyaning ODDO BHF, Xitoyning Xinjiang va Bank of China banklarida vakillik hisobraqamlari ochilgan. 

Bundan tashqari, xalqaro agentliklar bank barqarorligini yuqori baholashda davom etmoqda. Xususan Fitch Ratings agentligi bank reytingini muvaffaqiyatli BB- “Ijobiy” darajasidan BB “Ijobiy” darajasiga koʻtardi. Shu bilan birga, bank Moodyʻs agentligining Va3 “Ijobiy” reyting koʻrsatkichini ham barqaror saqlab kelmoqda.

Shuningdek, bank dasturchilari tomonidan tayyor biznes-reja yaratadigan sunʼiy intellekt platformasi ishlab chiqildi. Mazkur platformaning asosiy maqsadi, tuman va mahallalar kesimida iqtisodiy salohiyatni tahlil qilish, ustuvor biznes yoʻnalishlarni aniqlash hamda foydalanuvchilarga sunʼiy intellekt yordamida amaliy tavsiyalar berishdan iborat. 

CRM tizimi va kredit konveyerini joriy etish yuzasidan
Jismoniy shaxslar uchun tezkor xizmat koʻrsatish uchun CRM tizimi yanada takomillashtirildi. Buning natijasida 2025-yilda 60 098 nafar mijozga toʻliq avtomatlashtirilgan tizim orqali 2 137 mlrd. soʻm miqdoridagi kredit mablagʻlari ajratildi. 

Aholiga chakana xizmatlar koʻrsatish boʻyicha
Bugun bank tomonidan ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 21,55 foizdan boshlab ipoteka kreditlari ajratilishi yoʻlga qoʻyildi. Bu esa tijorat banklari tomonidan ikkilamchi bozor uchun taqdim etilayotgan eng past foiz stavkalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kredit foiz stavkasi 17 foizgacha pasaytirildi.

Avtomobil xarid qilish uchun “Premium avtokredit” mahsuloti doirasida Mercedes-Benz, BMW, Toyota, Nissan, Porsche va boshqa premium avtomobillarni sotib olish uchun 2 mlrd. 60 mln soʻmgacha avtokredit ajratilishi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, KIA, Chery, Haval, Changan va bir qator UzAuto Motors avtomobillari uchun 0 foizdan boshlab avtokreditlar taklif etilmoqda.

Bank strategiyasidagi loyihalar toʻgʻrisida
Mikrokreditbankni rivojlantirishning yaqin 3 yildagi (2026-2028) bosh maqsadi — anʼanaviy bank tizimidan toʻliq raqamli, mijozga yoʻnaltirilgan va moliyaviy jihatdan oʻta barqaror ekotizimga aylanishdir. Shu maqsadda, strategiya doirasida jami 38 ta yirik transformatsion loyihani amalga oshirishi boshlandi.
Jumladan:
Birinchisi bugun bozorda juda katta talab mavjud boʻlgan Islomiy moliyalashtirish xizmatlarini joriy etish loyihasidir. Loyiha 2027-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich toʻliq amalga oshiriladi.
Ikkinchi strategik loyiha — bu kelajak avlod uchun moʻljallangan “Junior Banking”, yaʼni bolalar va oʻsmirlar uchun raqamli bank tizimidir. Bu loyiha bankning kelajakdagi mijozlar bazasini yaratish mexanizmidir. 

Kreditlashda “AI Scoring” amaliyotini qoʻllash
Bank Strategiyasida kreditlash jarayonlariga sunʼiy intellektga asoslangan skoring tizimini joriy etishni rejalashtirgan. Mazkur yechim mijozlarning kreditga layoqatini yanada aniq baholash, qaror qabul qilish tezligini oshirish, inson omili bilan bogʻliq xatolarni kamaytirish hamda kredit risklarini samarali boshqarish imkonini beradi. 

Face ID texnologiyasini integratsiya qilish boʻyicha
Face ID tizimi loyihasi bankka tashrif buyuruvchi mijozlarni tezkor identifikatsiya qilish, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayta ishlash orqali xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda bank operatsiyalarini amalga oshirishda yuqori darajadagi xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan.

Matbuot anjumani davomida bank mutasaddilari tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga batafsil javob qaytariladi. 

Bank Axborot xizmati 



Yana ko‘ring

26 Iyun 2025

Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

Joriy yilning 27-iyun kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi.
13 May 2025

SIRDARYODA BRIFING O‘TKAZILADI

Mikrokreditbank Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha brifing o‘tkaziladi.
13 May 2025

Navbatdagi brifing tashkil etilmoqda

Joriy yilning 13-may kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkazilmoqda.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X