Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Mikrokrеditbank Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi bilan hamkorlik mеmorandumi imzoladi

262
Yangilash: 18 Iyul 2022, 12:50
Image
Mikrokrеditbank Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi bilan hamkorlik mеmorandumi imzoladi

Bugun poytaxtimizdagi Radisson Blu mehmonxonasida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan respublikamizda qo‘yon go‘shtini sanoat usulida yetishtirish masalalariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Mazkur anjuman doirasida “Mikrokreditbank” ATB va Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi o‘rtasida qo‘yonchilik sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik olib borish bo‘yicha Memorandum imzolandi.

Ushbu hamkorlik quyonlarni boqish texnologiyalari, tadbirkorlar va aholiga nasldor quyonlarni sun’iy qochirish va uzluksiz veterinariya xizmatlari ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish, quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish,quyonchilik genetikasi, ko‘payishi va fiziologiyasi, quyon go‘shti va mo‘ynachilikga moslashtirilgan yangi quyon zotlari urug‘lantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etishni o‘z ichiga olgan.

Tadbirda “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi Otabek Almardanov, Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi direktori Migel Shiavitto, Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi o'rinbosari Fabrizio Bielli, O‘zbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumki, keyingi yillarda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan yurtimiz aholisining go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyon go‘shtini yetishtirishni moliyalashtirish borasidan samarali ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda bu borada ishlab chiqarishni tizimli shaklini yanada rivojlantirish, go‘sht va mo‘ynachilikka moslashtirilgan zotdor quyonlar boqish, go‘sht va terini qayta ishlash, eksport qilishning yahlit tizimini joriy qilishni taqazo etmoqda.

Bugungi kunda jami 56 ta quyonchilikka ixtisoslashgan agrofirmalar hamda ushbu sohani rivojlantirish istagini bildirgan 65 ta tashabbuskor korxonalar tashkil etildi. 2015-2018 yillar davomida bank tomonidan ushbu agrofirmalarga 31,3 mlrd.so‘m, aholiga xonadonda quyon boqish uchun 3,6 mlrd.so‘m kredit ajratildi. Bugungi kunda bank yuritayotgan hisobotlarga ko‘ra ushbu agrofirmalarda 132 ming boshdan ziyod quyonlar ko‘paytirib kelinmoqda.

Ushbu memorandum samarasi o‘laroq, joriy yilning 2 avgust kuni “Mikrokreditbank” ATB tashabbusi bilan Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi hamkorligida Buxoro viloyati hokimligi binosida quyonchilikni sanoat usulida rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etiladi. Unga respublikada faoliyat yuritayotgan quyonchilik agrofirmalari rahbarlari, soha mutaxassislari taklif etilgan. Seminarda Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi rahbari Doktor Mishel Shiavitto ma’ruza qilgan xolda sohadagi tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Ushbu seminarda quyonlarni boqish texnologiyalari, aholi va tadbirkorlarga nasldor quyonlarni sun’iy qochirish va uzluksiz veterinariya xizmatlari ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish, quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish,quyonchilik genetikasi, ko‘payishi va fiziologiyasi, quyon go‘shti va mo‘ynachilikga moslashtirilgan yangi quyon zotlari, ularni urug‘lantirish uchun tegishli vositalar taqdimoti namoyish etiladi.

Shuningdek, seminar anjumanida O‘zbekistonda tashkil etilgan agrofirmalarda erishilgan natijalar, ularni yanada rivojlantirish va mavjud muammolarni hal qilish yuzasidan yechimlar izlanadi.

Bank matbuot xizmati



Yana ko‘ring

26 Iyun 2025

Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

Joriy yilning 27-iyun kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkaziladi.
13 May 2025

SIRDARYODA BRIFING O‘TKAZILADI

Mikrokreditbank Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha brifing o‘tkaziladi.
13 May 2025

Navbatdagi brifing tashkil etilmoqda

Joriy yilning 13-may kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkazilmoqda.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X