Joriy yilning 19-sentyabr kuni Toshkentda oʻtkazilgan Osiyo taraqqiyot banki guruhi kuni doirasida Mikrokreditbank vakillarining bir necha xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlari oʻtkazildi.

Jumladan, “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi O.Almardanov boshchiligida Xalqaro savdoni moliyalash Islom korporatsiyasi boshqaruvchisining birinchi oʻrinbosari Nazim Nurdali bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda bank faoliyati va kichik biznes subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdagi oʻrni toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shuningdek, Savdoni moliyalash Islom korporatsiyasi asosiy yoʻnalishlari va hamkorlik oʻrnatishning oʻzaro manfaatli boʻlgan jihatlari bevosita muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida, “Mikrokreditbank” ATB vakillarining Xalqaro savdoni moliyalash Islom korporatsiyasi oʻrtasida bank mijozlarining eksport va import shartnomalari boʻyicha qisqa muddatli moliyalash amalga oshirish uchun mablagʻ jalb qilish boʻyicha tegishli xujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini boshlashga kelishib olindi.

Bank axborot xizmati