“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Sizga, “Yuzni aniqlash tizimi” dasturiy taʼminotini oʻrnatish va undan foydalanishning mutlaq boʻlmagan huquqlarini oʻtkazish bo‘yicha taxminiy narxlarni oʻrganish uchun tijorat takliflarini qabul qilishini ma’lum qiladi.

Ushbu boʻyicha ilovadagi texnik topshiriqni oʻrgangan holda oʻz tijorat taklifingizni bildirishingizni soʻraymiz.

Xarid komissiyasi ishchi organining manzili: “Mikrokreditbank” ATB, 100096, Toshkent sh. Amir Temur, 4-uy. 

Tel.: (71) 207-46-51 (1030) M. Yoqubov, (1045) D. Kuldoshev, J.Sadirov (1083).

Tijorat takliflari 2025-yilning 15-noyabriga qadar qabul qilinadi.

Ilova 43 varaqda