Til - davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va  ma'naviy boyligi, urf-odati, tarixidir.

Erta tongdan MKBANKda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostidagi “To‘g‘ri yozamiz” nomli chellenj o‘tkazildi. 

photo_2024-10-21_10-42-30.jpg

photo_2024-10-21_10-41-06 (3).jpg

Undan so‘ng o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan MKBANK bosh ofis xodimlari uchun “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

05 (4).png

Mazkur tadbirda Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Mamajonov, Filologiya fanlari doktori, professor va tarjimon Uzoq Jo‘raqulov, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Fahriddin Hayit ishtirok etishdi.

02 (7).png

Tadbirda o‘zbek tilining ahamiyati, har bir inson o‘z ona tilini bilishi, uni kelajak avlodga yetkazishda oiladagi maʼnaviy muhitning ahamiyati to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ayniqsa, shoir Fahriddin Hayitning ona tili haqidagi she’rlari bank xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

06 (4).png

Shuningdek, tadbir davomida xodimlar o‘rtasida diktantlar tanlovi ham o‘tkazilib, ular innovatsion tarzda mobil telefonlari orqali diktant yozishdi va g‘oliblar mehmonlar tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

03 (9).png

07 (2).png

Tilni e'zozlash, uning mavqeyini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash esa har birimizning ma’naviy burchimizdir.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Bank Axborot xizmati