Kredit haqida
Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ajratiladi.Boshlang‘ich badalning eng kam miqdori
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (ta’mirlash/rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 % dan kam bo‘lmagan miqdorda pul ko‘rinishida mijozning o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.
Foiz stavkasi
Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada
Hujjatlar
-
ID karta yoki pasport va pasport o‘rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, ID karta yoki pasport nusxasi ham talab etiladi;
-
daromadlari to‘g‘risidagi hujjatlar (daromadga ega bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno)/elektron ma’lumotlar;
-
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) tasdiqlovchi hujjat;
-
uy-joy qurishga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjati;
-
pudrat tashkiloti bilan qurilish ishlarini bajarish / qurilish mahsulotlari sotib olish / o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilar bilan tuzilgan shartnoma (loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymatdan oshmagan miqdorda);
-
qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Talablar
-
ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
-
qarz yuki ko‘rsatkichi (ipoteka kediti bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berish nazatda tutilgan hollarda mazkur subsidiyani hisobga olgan holda) 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi (daromadga ega bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno);
-
kredit ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
-
yakka tartibdagi uy-joy qurish (qayta qurish) uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha-smeta hujjatlariga ega bo‘lishi.
-
Ipoteka krediti mablag‘lari yer uchastkasi yoki kadastr hujjatlari bor fuqarolarga beriladi, ya’ni kredit olmoqchi bo‘lgan shaxs bilan yer uchastkasi egasi bir shaxs bo‘lishi shart (er-xotin bundan mustasno).
- qarz oluvchi ipoteka kreditlaridan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi. Bunda, qarz oluvchi tomonidan 2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi
Qo‘shimcha shartlar
-
“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
-
Bunda, qarz oluvchi doimiy daromadga ega bo‘lishi yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmasligi mumkin.
Kredit olish uchun bank filialiga yoki veb-saytiga murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar kechayu kunduz qabul qilinadi va tezda ko‘rib chiqiladi.
Onlayn ariza shaklini to‘ldiring. Bizning xodim siz bilan bog‘lanib, ro‘yxatdan o‘tish va kredit berish shartlari haqida ma’lumot beradi.
Tariflar va shartlar
Boshqa kreditlar
- Ayirboshlash shoxobchasida
- Bankomatda
- Ilovada
- Chet elga o'tkazma
Valyuta | Sotib olish | Sotish | MB kursi |
---|---|---|---|
USD | 12750 | 12850 | 12813.04 |
EUR | 13000 | 14000 | 13457.54 |
GBP | 15800 | 16800 | 16243.09 |
JPY | 70 | 90 | 85.06 |
CHF | 14000 | 15000 | 14442.11 |
Valyuta | Sotib olish | Sotish | MB kursi |
---|---|---|---|
USD | 12500 | 12850 | 12813.04 |
Valyuta | Sotib olish | Sotish | MB kursi |
---|---|---|---|
USD | 12750 | 12850 | 12813.04 |
Valyuta | Sotib olish | Sotish | MB kursi |
---|---|---|---|
USD | 12750 | 12850 | 12813.04 |