| Valyuta | Sotib olish | Sotish | O‘zb MB |
|---|---|---|---|
USD | 12010 | 12070 | 12019.08 |
EUR | 13000 | 14000 | 13689.73 |
RUB | 154 | 153.87 | |
GBP | 15600 | 16600 | 16008.21 |
CHF | 14200 | 15200 | 14722.05 |
JPY | 50 | 100 | 73.43 |
Hech qanday yashirin komissiyalar va kutilmagan to‘lovlar yo‘q — siz hammasini oldindan bilasiz. Halol kreditlar. Tushunarli shartlar. Vaqt sinovidan o‘tgan ishonch.

Kreditni jadval bo‘yicha yoki muddatidan oldin, sizga qulay bo‘lgan istalgan usulda to‘lang — mobil ilova, internet-bank, bankomat yoki filial orqali. Tez va komissiyasiz.

Mikrokreditbank — deyarli 20 yillik barqaror faoliyati bilan tadbirkorlar va oilalar farovonligi yo‘lida ishlaydi.

|
T/r |
Kreditlash shartlari |
|
|
1 |
Kredit oluvchilar |
Ijobiy kredit tarixiga ega* (ta’sischilar tarkibida ulushi 50 foiz va undan yuqori va (yoki) ayollar rahbarligida bo‘lgan) kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari. |
|
2 |
Kredit maqsadi |
Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida |
|
3 |
Kredit valyutasi |
Milliy valyutada |
|
4 |
Kredit muddati (Loyihani qoplanish imkoniyatidan kelib holda) |
84 oygacha (Aylanma mablag‘larga 24 oygacha)
(Ajratilgan resurs (ssuda) davriga mutanosib ravishda) |
|
5 |
Asosiy qarz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli muddat(Loyihani qoplanish imkoniyatidan kelib holda) |
24 oygacha, (aylanma mablag‘larga 6 oygacha) |
|
6 |
Kreditning eng yuqori miqdori |
Kamida 2 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan (yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga ham tadbiq etiladi): BHMning 1 000 barobarigacha (50,0 mln.so‘mgacha so‘m naqd pulda).
Kamida 6 oy mobaynida faoliyat yuritayotgan hamda oxirgi 6 oyda hisob raqamida pul aylanmasi amalda oshirgan tadbirkorlik subyektlariga 5 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan: BHMning 4 000 barobarigacha (200,0 mln.so‘mgacha so‘m naqd pulda).)
Kamida 12 oy mobaynida faoliyat yuritayotgan hamda oxirgi 6 oyda hisob raqamida pul aylanmasi amalda oshirgan tadbirkorlik subyektlariga kamida 10 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan: BHMning 25 000 barobarigacha |
|
7 |
Yillik foiz stavkasi |
Markaziy bank stavkasi + 6,5 foiz
(Aylanma mablag‘larga - Markaziy bank stavkasi + 7,5 foiz).
Kamida 10 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi va miqdori BHMning 25 000 barobarigacha bo‘lgan kredit mablag‘lari - Markaziy bank stavkasi + 10 foiz |
|
8 |
Asosiy talablar |
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan, bunda: - 60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmagan; - 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 24 oy ichida mavjud bo‘lmasligi; - sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqaga o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi; - KATM ball ko‘rsatkichi 200 va undan ortiq ko‘rsatkichga ega bo‘lishi; - Majburiy ijro byurosidan qarzdorligi bo‘lmasligi; - 2-sonli kartoteka qarzdorligi (90963 b/hv) qoldig‘i bo‘lmasligi; - Moliyaviy faoliyati zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (F-2 asosida); - Balansi nolikvid bo‘lmasligi (Qoplash koeffisenti, Likvidlik koeffisenti, Muxtoriyat koeffisenti, o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligi koeffisenti); |
|
9 |
Kredit ajratilmaydigan yo‘nalishlar |
Qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish; ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish; har qanday qo‘lbola ishlab chiqarilgan uskunalarni sotib olishga; qonunchilik bilan ta’qiqlangan boshqa maqsadlar. |
|
10 |
Taqdim etiladigan hujjatlar |
Kredit buyurtma; biznes-reja yoki pul oqimi prognozi jadvali; moliyaviy hisobotlar (Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot) tovar va mahsulotlar (xizmatlar) bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi nusxasi; agar qarz oluvchi yoki garovga quyuvchi yuridik shaxs bo‘lsa mulkdorlarining kredit olishga va garovga taqdim etishga roziligini tasdiqlovchi hujjatlar asl nusxasi; faoliyatni amalga oshirish va ofis bino-inshootidan foydalanish huquqni beruvchi hujjatlari nusxasi; kredit ta’minoti hujjatlari; |
|
11 |
Ta’minot turi |
Ajratilayotgan kreditlarning 70 foizgacha qismi uchun “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafolati (kafilligi), shuningdek sotib olinayotgan asbob-uskunalar garovga qo‘yilgunga qadar “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi qabul qilinadi. |
|
12 |
Ta’minot qiymati |
Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda |
Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:
Manba: Finlit.uz
Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:
Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.
Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Manba: Finlit.uz
Yangi tartib doirasida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditini olishda birgalikda qarz oluvchi sifatida, ipoteka kreditini oluvchi fuqaro bilan birga yashamaydigan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham daromadini inobatga olish mumkin. Bunda qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pensiya to‘lovlari miqdori bilan birgalikda, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar; davlat soliq xizmati organi tomonidan deklaratsiya bilan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari hisobga olinadi.
Manba: Finlit.uz
Har qanday kreditni bank kassasi orqali naqd pul shaklida so‘ndirishingiz mumkin. Onlayn kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati kredit ofertasida, ya'ni shartnomasida ko‘rsatiladi. Ushbu shartlar bilan kreditni rasmiylashtirishdan oldin va rasmiylashtirayotganda tanishib chiqishni hamda kredit ofertasini mobil qurilmangiz xotirasiga saqlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.
Manba: Finlit.uz
Mikroqarz mijoz arizasiga ko‘ra BHMning 150 barobarigacha miqdorida, naqd pulda ajratilsa yillik 28 % va plastik kartaga pul o‘tkazish yo‘li bilan yillik 27 % bilan, bir yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
BHMning 150 barobarigacha, imtiyozli davrsiz, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 28 foiz bilan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari va xizmatlarini sotib olish uchun ajratiladi.
Bankka quyidagi hujjatlar topshiriladi.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng, ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.
Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida.
Muddati: o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
Kredit foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozirda 14 %)
Taʼlim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi OTMlar uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladi (super kontrakt uchun yoki maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari uchun berilmaydi).
"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli qaroriga asosan quyidagi shartlar asosida ajratiladi.
Jismoniy shaxslar uchun – Respublikada o‘rnatilgan BHMning (bugungi kunda BHM 270 ming so‘mni tashkil etadi) 150 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan ajratiladi.
Yuridik shaxslar uchun – BHMning 1000 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan beriladi. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun, Hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori BHMning 250 barobarigacha;
Yuridik shaxslarga ajratiladigan kredit BHMning 150 barobaridan ortiq bo‘lganda, kredit taʼminoti sifatida mol-mulk garovi taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga asosan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Har bir jarayon boʼyicha, elektron SMS-xabarnoma keladi.

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!