“Xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash” uchun ajratiladigan imtiyozli kredit shartlari

Imtiyozli kreditlar yillik 17,5 foiz stavkada 3 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga:

  • Jismoniy shaxs sifatida tadbirkorlikni amalga oshiruvchi xotin-qizlarga 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda (garov ta’minotisiz);
  • Xotin-qizlar rahbarligidagi tadbirkorlik sub’ektlariga: 300 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda ajratiladi (Qonunchilikda belgilangan garov ta’minot turlarini taqdim etgan holda).

Kreditlar yagona elektron onlayn platforma (oilakredit.uz) orqali to‘liq raqamlashgan holda ajratiladi:

  1. Kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda (oilakredit.uz) skoring tahlili asosida ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida platforma (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi.
  2. Kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar (mijoz arizasi, hokim yordamchisi tavsiyasi, kredit shartnomasi, oldi-sotdi shartnomasi, hisobvaraq-faktura va hokim yordamchisi hamda mahalla bankiri tomonidan imzolanib tasdiqlangan dalolatnoma) elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi.

  3. Kreditlar platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida fuqaro tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

seewing.jpg
Hajmi: 3.98 МБ
Format: pdf
Hajmi: 4.70 МБ
Format: pdf
Hajmi: 4.43 МБ
Format: pdf
Hajmi: 1.13 МБ
Format: pdf
Hajmi: 2.53 МБ
Format: pdf
Hajmi: 274.36 КБ
Format: pdf